O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Dolimov Toʻrabek No‘monovich

    Dolimov Toʻrabek No‘monovich (18.08.1936, Toshkent) - geolog olim. Oʻzbekiston FA akademigi (1995). Geologiya-mineralogiya fanlari doktori (1981), professor (1985). Dolimov ToshDUni tugatgan (1960). Oʻzbekiston FA Geologiya va geofizika institutida aspirant (1962), ilmiy xodim (1965 - 1983). 1973-1974 yillarda Oʻzbekistan Geologiya vazirligi qoshidagi Oʻrta Osiyo geologiya va mineral xom ashyo institutida shoʻba mudiri. 1983 yildan ToshDU geologiya fakultetida kafedra mudiri, dekan (1985-1987). ToshDU ilmiy ishlar boʻyicha prorektori (1987-1995), 1995 yildan hozirgi OʻzMU rektori. Ilmiy ishlari burmalangan oʻlkalardagi vulkan jinslarining petrologiyasi va Tyanshanning geodinamikasiga bagʻishlangan.

    Oʻzbekiston “Xalq birligi” harakati raisi (1995 yildan), Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati (1995 yildan). “Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi” Bosh tahrir hayʼati aʼzosi (1997 yildan), “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlangan (1998).

 



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar15



Ijtimoiy-gumanitar fanlar5



Tabiiy fanlar75



Filologiya5