O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Doniyorova Shoiraxon

Doniyorova  Shoiraxon     U Jizzax davlat pedagogika institutida tolibi ilmlarga o‘zbek tili va adabiyotidan sabok beradi.
    Shoira Xursanovna 1967 yilda Samarkand viloyatining Urgut tumanida tavallud topgan. Shu yerda umumiy o‘rta ma’lumot olib, Samarqand davlat universitetining o‘zbek filologiyasi fakultetiga o‘qishga kirgan.
    1992 yilda uni tamomlab, faoliyatini laborantlikdan boshlagan, 1994 - 1996 yillarda O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot institutida aspirant sifatida tahsil olgan. 
    Sh.Doniyorova 2002 - 2005 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida katta o‘qituvchi lavozimida ishladi.
    Kishida ulug‘ maqsadlarga yo‘llovchi bir kuch bo‘ladiki, bu qudratni har kim ham to‘g‘ri yo‘lga sololmaydi. Kuchli iroda, jasoratga ega Shoiraxon Doniyorova o‘zidagi qudratni olima bo‘lishdek yuksak mas’uliyatga jalb etdi.
    U 2000 yilda “Shukur Xolmirzaev hikoyalarining badiiy - uslubiy o‘ziga xosligi” mavzusida nomzodlik ishini yoqladi.
    2012 yilda Toshkent davlat viloyat pedagogika institutida ishlab yurgan kezlarida “Istiqlol davri o‘zbek romanlarida milliy ruh va qahramon” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini yoqladi.
    Talabalarga milliy qadriyatlarimizning asosi bo‘lgan milliy tilimiz - o‘zbek tilining boy imkoniyatlarini yanada yuksaltirish, til ekologiyasiga e’tibor qaratish to‘g‘risida ma’ruzalar o‘qir ekan, iqtidorli olima doimo ularni mustaqil fikrlashga, o‘z ustilarida tinmay ishlashga undaydi. Zero, jahon taraqqiyoti bilan uyg‘unlikka erishish uchun olg‘a intilayotgan mustaqil Vatanimizga aqlan kuchli, ma’nan yetuk, barkamol yoshlar kerak.
    Yoshlarning ma’naviyatiga ijobiy ta’sir o‘tkazuvchi omillardan biri - o‘quv dargohida o‘tkaziladigan “Ma’naviyat kuni”ning sifat va samaradorligi katta ahamiyatga ega. Shoira Doniyorova ana shunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga bosh - qosh.
    U jahoniy andozalarga hos zamonaviy auditoriyalarda eng yangi texnologiyalar asosida dars o‘tar ekan, uning ovozida lochinning shiddatini, gulning nafisligini his etasiz. 



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar5



Tabiiy fanlar10



Filologiya80