O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Egamberdiyeva Farida

Egamberdiyeva Farida     Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Jurnalistika fakulteti “Etika va estetika” kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi Egamberdiyeva Farida O‘ktamovna 1990 yil Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika institutini tamomlagan. O‘z ish faoliyatini esa maktabda o‘qituvchilikdan boshlagan. Xushmuomalaligi, mehnatsevarligi, topshirilgan vazifalarni mas’uliyat bilan ado etishi, o‘z bilim darajasini o‘stirishi, o‘z ustida doimiy ishlaydigan va boshqa ijobiy fazilatlari bilan hamkasblari o‘rtasida hurmatga sazovor.
  1995-1998 yillarda maktab “O‘zbek tili va adabiyoti” uslubiy birlashmasi raisi sifatida faoliyat yuritdi. Faoliyati davomida ilmiy - tadqiqot ishini ham baravar olib bordi. 1999 - 2005 yillarda Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy - tadqiqot instituti aspiranturasida o‘qidi va faoliyat yuritdi. 2005 yilda “Adabiy ta’lim samaradorligini oshirishda ilg‘or pedagogik texnologiyalarni tadbiq etish metodikasi” mavzuida “adabiyot o‘qitish usuliyoti” ixtisosligi bo‘yicha pedagogika fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiyasini himoya qildi.
  Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida 2005 yildan buyon ishlab kelmoqda.
  2005-2006 yillarda Jurnalistika fakulteti “Uslubiyat va tahrir” kafedrasi katta o‘qituvchisi sifatida faoliyat yuritdi. 2006 yildan hozirga qadar “Uslubiyat, tahrir va internet jurnalistika” kafedrasi dotsenti lavozimida faoliyat yuritmoqda.
  Dotsent Farida Egamberdiyeva har bir darsga jiddiy tayyorgarlik ko‘rib, talabalarga mazmunli ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazib kelmoqda. Mashg‘ulotlarda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanadi. Jamoa orasida mahoratli va namunali o‘qituvchi sifatida katta hurmatga ega.
  Kafedranining yetakchi o‘qituvchisi hisoblangan Farida O‘ktamovna barcha ma’ruzalarini ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda olib boradi. Bugungi kungacha Farida Egamberdiyeva tomonidan tayyorlangan majmualar elektron variantlarda tayyorlangan. Shuningdek, olima magistratura ta’lim mutaxassisligi bo‘yicha o‘quv rejadagi “Matn tahlili va tahrir asoslari”, “Qo‘lyozmani taqrizlash  va ustida ishlash tamoyillari”, “O‘quv adabiyotlari tahriri”, “Tahrir mantiqi”, “Nashrlarning beza- tilishi”, “Maxsus fanlarni  o‘qitish metodikasi”, “Adabiy tahrir asoslari” fanlarining namunaviy, ishchi dasturlari, o‘quv - uslubiy qo‘llanmalari va barcha me’yoriy hujjatlarini tayyorlagan.
  Dotsent Farida Egamberdiyeva jurnalistika fakulteti ilmiy Kengashi a’zosi, fakultet Sifat komissiyasi a’zosi, amaliyot va marketing ishlari bo‘yicha dekan muovini, Respublika “Olima” xotin - qizlar uyushmasining Jurnalistika yo‘nalishi bo‘yicha raisi lavozimlarida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Yosh avlodga ta’lim - tarbiya berish bilan birga Abdulla Avloniy nomidagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va tajribasini oshirish institutida viloyat, tuman xalq ta’limi bo‘limlari boshliqlari va maktab rahbarlariga ham ma’ruzalar o‘qib kelmoqda.
  “Olima” ayollar uyushmasi tomonidan o‘tkazilgan ilmiy - amaliy konferentsiyalarda o‘z ilmiy ma’ruzalari bilan muntazam ravishda qatnashib kelmoqda.
  Farida Egamberdiyeva bir necha uslubiy qo‘llanma, 40 ortiq ilmiy maqola va tezislar muallifi. Uning muallif va muharrirligida bir necha teleko‘rsatuv va radioeshittirishlar efirga berilgan.
  Tajribali pedagog sifatida ta’lim - tarbiya va ma’naviy - ma’rifiy ishlarni amalga oshirishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llaydi. Shuningdek, fan, ta’lim, noshirlik sohalariga oid dolzarb masalalar bo‘yicha ilmiy - amaliy konferentsiya, seminar va davra suhbatlarida ma’ruzalari bilan faol ishtirok etadi.
  Egamberdiyeva Farida O‘ktamovna yosh avlodga ta’lim - tarbiya berishda ko‘rsatgan xizmatlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan faxriy yorliq hamda “Namunali murabbiy” diplomlari bilan taqdirlangan.
  Farida Egamberdiyeva o‘zining talabchanligi bilan ajralib turadi. Tajribali o‘qituvchi sifatida yosh avlodni vatanimiz kelajagi uchun xizmat qilish ruhida tarbiyalashga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.
  Dotsent Farida Egamberdiyeva mehnatsevar, talabchan, mas’uliyatli, dunyoqarashi keng, kamtar va samimiy, shuningdek, tashkilotchilik, tashabbuskorlik va yetakchilik qobiliyati bilan keng jamoatchilik va talabalar o‘rtasida alohida hurmatga sazovor inson.
  Faridaxon oilali, 3 nafar farzandi bor.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar80



Tabiiy fanlar5



Filologiya10