O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Egamberdiyeva Turg‘unoy Ahmadjonovna

Egamberdiyeva Turg‘unoy Ahmadjonovna    U - dilbar ayol. Oltin vodiyning jamiki go‘zalligi va nafosatini o‘zida birlashtira olgan ayol. Shu olam, shu dunyo deb, “ojiza”lar ko‘nglini ko‘taray, yirtig‘iga yamoq bo‘lay deb, necha - necha tunlarni bedor o‘tkazgan, burchak - burchak qishloqlardagi opa - singillarining ko‘zlariga bir boqishdayoq, ranglariga bir razm solishdayoq ahvollarini bilgan, dardlarini his qilgan ayol. Bolasini belanchakda big‘illatib qo‘yib, ikki bukilib paxta tergan ona uchun yuragi ezilgan, qanday bo‘lsa - da ularga yordam qo‘lini cho‘za olgan ayol. Xalq alam va dardini tishini - tishiga qo‘yib eshitgan va tishini - tishiga qo‘yib tinglay olgan inson. Bugungidek yorug‘ kunlarni bag‘rini ochib kutib olgan ayol. O‘z vohasida katta - katta lavozimlarda intlaganda faqat xalq hayotini o‘ylagan edi u. Hozir xam shunday. Chunkn u yoshlikdan yoniq hayotga o‘rgangan. Bu — vodiyda “Opa” deb nom olgan, xurmatga sazovor bo‘lgan Turg‘unoy Egamberdiyevadir.
  Turg‘unoy Ahmadjonovna 1942 yilda Marg‘ilon shahrida ziyoli oilasida tug‘ilgan. 1960 — 1962 yillar Marg‘ilon pedagogika bilim yurtida tahsil olgan. 1966 yili Farg‘ona Davlat Pedagogika institutining maktabgacha tarbiya va pedagogika fakultetini tugatgan. 1959 yili esa mehnat faoliyatini Marg‘ilon bolalar bog‘chasidan boshlagan. 1963 — 1989 yillar davomida Marg‘ilon shahar, Farg‘ona viloyati qo‘mitalarida rahbarlik lavozimlarida ishlagan. 1988 yilda tarix fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun “O‘zbekiston aholisining turmush madaniyatining ahvoli” mavzusida dissertatsiyasini himoya qilgan.
  1993 yilda “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi” unvoniga muyassar bo‘lgan. 1995 — 2000 yillarda viloyat “Olima” uyushmasi raisi, 1987 — 1998 yillarda respublika xotin - qizlar qo‘mitasi a’zosi, 2003 yildan “Sanam” jurnalining kengash a’zosi sifatida faoliyat ko‘rsatmoqda.
  Turg‘unoy Egamberdiyeva 1989 yildan buyon Farg‘opa Davlat Pedagogika universitetining Jahon tarixi kafedrasida katta o‘qituvchi, pedagogika - psixologiya fakultetining dekani, universitet ma’naviy - ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor lavozimlarida ishlab kelgan. Hozir Jahon tarixi kafedrasida xizmat ko‘rsatgan dotsent va O‘zbekiston yangi tarixini o‘rganish markazi boshlig‘i vazifasini bajarmoqda. Uning ayollar faoliyatining ijtimoiy - ma’naviy asoslariga bag‘ishlangan risolasi shahar, tuman, mahalla xotin - qizlar kengashlari uchun qo‘llanma sifatida foydalanilmoqda. U ustoz - shogird uslubiyotini yaratish borasida ham xizmat qilmoqda.
  T. L. Egamberdiyeva 5 ta risola, 80 dan ziyod ilmiy, ilmiy - uslubiy maqolalar muallifidir. Shu kunlarda “O‘zbekiston ma’naviy hayotida ayollar ijtimoiy faolligi” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini nihoyasiga yetkazish ustida ish olib bormoqda.  



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar10



Ijtimoiy-gumanitar fanlar80



Tabiiy fanlar5



Filologiya5