Biologiya fanlari doktori
Mukarram Ergasheva 1957 yil 23 dekabrda Rishton tumanida tug‘ildi. 1964 - 1974 yillari tumandagi 1 - o‘rta maktabda tahsil oldi. O‘rta maktabni muvaffaqiyatli tamomlab,1974 yili Toshkent farmatsevtika institutiga imtiyozli diplom bilan tugalladi. U 1979 yili Rishton tumani Markaziy kasalxonasi qoshidagi dorixonada provizor vazifasida mehnat qildi.
1980 yilning mart oyidan boshlab O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Biokimyo institutida ilmiy faoliyatini boshladi. 1980 yilning sentyabr oyida institut aspiranturasiga o‘qishga kirdi va aspiranturani fan nomzodi ilmiy darajasini olish bilan tugalladi. U 1984 yili “Sostav, soderjanie gangliozidov razlichnmx organov eksperimentalnыx jivotnmx pri razlichnom urovne insulina v organizme” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. U ushbu institutda kichik ilmiy xodim, katta ilmiy xodim, yetakchi ilmiy xodim vazifalarida xizmat qildi. M. Ergasheva 1990 yilda institut doktoranturasiga qabul qilindi va 1997 yili “Glikosfingolipidm: regulyatsiya obmena, funktsionalnaya rol, uchastie v mexanizme deystviya insulina” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Olimaning ilmiy ish yo‘nalishi turli to‘qimalar hujayralari membranalari asosiy tarkibiy qismlarining hujayralararo axborot almashinuvidagi ishtirokini o‘rganish.
U 1999 yildan beri Sog‘liqni saqlash vazirligining Dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish Bosh boshqarmasida xizmat qilib kelmoqda. Hozirda mazkur boshqarmaning Farmakotoksikologik tahlil laboratoriyasi mudiri sifatida xizmat qilish bilan bir qatorda Toshkent farmatsevtika instituti talabalariga nazariy va amaliy biokimyo fanlaridan tahsil bermoqda.
M. Ergasheva 1 ta ilmiy monografiya, 12 ta ixtiro, 100 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi bo‘lib, “Klinik laboratoriyaviy tashxis usullari to‘plami” tuzuvchilaridan biridir. Olima bir qator dori; tashxis vositalari yaratilishi, standartlanishi, me’yoriy hujjatlari yaratilishida ishtirok etgan. U o‘zining kamtarin mehnati bilan respublikamiz aholisini sifatli dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash ishiga katta hissa qo‘shmoqda.
Mukarram Jo‘raboyevna 27 yoshida fan nomzodi, 33 yoshida esa fan doktori ilmiy darajasiga erishgan hamda Rishtondan chiqqan birinchi ayol fan doktoridir.
U sobiq Ittifoqning “Mehnat shuhrati” medali va “Ittifoq ixtirochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.