O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Ernazarova Gulnoza

    Ernazarova  Gulnoza Hamrayevna  1969 yil 10 aprelda Qarshi  shahrida  tug‘ilgan. 
    1986 ynl 8-maktabni oltin medal bilan tamomlab, ToshDU (hozirgi Milliy universitet)ning o‘zbek filologiyasi fakultetiga o‘qishga kiradi. 1991 yil ushbu dargohni muvaffaqiyatli tamomlab, tuman va viloyat vaqtli matbuotida muntazam ishtirok etib turadi. Uning milliy istiqlol g‘oyasini aks ettirgai she’r, xikoya va maqolalari mushtariylar e’tiboridan chetda qolmaydi. 1991 yildan boshlab G.Ernazarova Qarshi Davlat universitetida o‘qituvchi bo‘lib faoliyat yurita boshlaydi. U ham mumtoz, ham zamonaviy adabiyotni chuqur bilishga, olgan ilmlarini talabalarga mukammal yetkazishga intiladi. Uni xarakatlari zoya ketmadi. Oradan ko‘p o‘tmay yigit-qizlar sevimli ustozlari faninnng ayol shaydolariga aylanishdi. 1996 yilda u o‘zbek adabiyoti ixtisosligi bo‘yicha aspirantlik izlanishlarini boshlaydi. 2001 yil «XX asr o‘zbek poeziyasida milliy tafakkur va uning badiiy talqin (A.Cho‘lpon, G‘.G‘ulom va A.Oripov she’riyati misolida)» mavzusidagi nomzodlik ishini muvaffaqiyatli himoya qiladi.
    Yangilikka intiluvchanlik, ilmga chanqoqlik bor uning fe’lida. Tunlari ma’ruzalar uchun kitob varaqlab, izlanib, kunduzlari talaba yigit-qizlarga adabiyotdan saboq berib, bu orasida o‘zi boshlagan tadbirkorlik ishlariga vakt ajratib yashyapti u.
    Oilali. Turmush o‘rtog‘i «O‘zbekneftgazburg‘ulash» aksiyadorlik kompaniyasida muhandis. Ikki qizi ikki ko‘zinnng gavhari misol. Madina va Sevinchni ota-ona o‘zlari singari yurt xizmatida, odamlar ardog‘ida bo‘lishlarini istashadi.
 



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar5



Tabiiy fanlar5



Filologiya85