O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Eshonxo‘jayev Abdurahmon

Eshonxo‘jayev AbdurahmonTexnika fanlari doktori, professor

    Eshonxo‘jayev Abdurahmon Osimovichning hayoti va faoliyati bilan tanisharkanman, Faxriddin Gurgoniyshshg “YuZ BARMOQ IShLOLMAS BIR BOShNING IshIN” hikmatli so‘zi xayolimga keldi. Haqiqatdan ham bir bosh pafatsat yuz barmoqni. balki millionlab insonlar hayotini harakatga keltirishi mumkin. Albatta, unda ilm maxzani, aql - idrok kuvvati beadad bo‘lsa... 1941 yil 23 fevralda Toshkent shahrida tavallud topgan bolaning shunday imkonga, tsobiliyatga ega bo‘lishini kim bo‘libdi deysiz. Otasi Osim ota (do‘kondor bo‘lgan) va onasi Huri aya (uy bekasi) bilan farzandlari: Mavluda, Muhabbat, Abdurahmonlarga insoniylik hadislarini o‘rgatdilar. Abdurahmon 1957 yilda o‘rta maktabni oltin medal bilan bitirib, Toshkent temir yo‘l muhandislari institutida quruvchi - muhandis mutaxassisligi bo‘yicha tahsil oldi. Ilk faoliyatini 1962 yili O‘zbekiston Davlat suv xo‘jaligi inshootlarini loyihalash institutida muhandislikdan boshladi. 1963 - 1967 yillar davomida Toshshahar qurilish Bosh Boshqarmasiga qarashli 153 - qurilish tresti qurilishi ustasi, ish bajaruvchisi lavozimlarida xizmat qildi. 1967 - 1970 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi M. T. Urozboyev nomidagi mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituta aspiranturasida o‘qidi. Qobiliyagli yosh olim institutda avval kichik va keyin katga ilmiy xodim bo‘lib ishladi. 1975 - 1987 yillarda esa o‘zi tashkil tsilgan “Metropolitenlar zilzilabardoshligi laboratoriyasi mudiri lavozimlarida faoliyat ko‘rsatdi. Iqtidorli ilmkor 1987 - 1991 yillarda Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti “Ko‘priklar, tonnellar va yo‘lo‘tkazgichlar” kafedrasi mudiri - professor lavozimida ishladi. So‘ng institutda fakultet dekani, magistratura va iqtidorli talabalar bilan ishlash Markazining rahbari, institut qabul hay’atining mas’ul kotibi vazifalarini bajardi. Professorning raisligida institut huzurida fan nomzodlari ilmiy darajasiga himoya o‘tkazuvchi birlashgan ixtisoslashgan kengash faoliyat ko‘rsatdi. 1991 yildan buyon Abdurahmon Eshonxo‘jayev mazkur oliygohda professor lavozimida ishlab kelayapti.Eshonxo‘jayev A. O. 1972 yilda nomzodlik dissertatsiyasini, 1992 yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi, 1993 yilda professor ilmiy darajasiga sazovor bo‘ldi. Salohiyatli olim va ixtirochining boshchiligida Toshkent metropolitenining ya shi zilzilabardosh konstruktsiyalari va ularni uisoblash usullari yaratildi va amaliyotga tadbits etildi. Uning har bir suzi metindek mustahkam ishonchga yo‘g‘rilgani uchuy ham bukun Toshkent metrosi - xalqimizning xotirjam yuradigan go‘zal yerosti shahriga aylandi! Olimping YuOdan ortga ilmiy asarlari, jumladan, 2ta monografiya, 2ta darslik, 8ta chet elda chop qilishgan, ilmiy maqola va ishlab chiqarishga tadbiq etilgan 6 ta ixtiroga berilgan guvohnoma va ko‘plab patentlar muallifi ekanligi ham yuqoridagi ta’riflarimizning isbotidir. Uning rahbarligida 1 ta doktorlik va 7ta nomzodlik, 2017 yilda esa 2ta texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalariga dissertatsiyalar yoqlandi, ko‘p sonli ilmiy - tadqiqot mavzulari - fundamental va amaliy, ilmiy grantlar, yo‘l - ko‘prik qurilishi bo‘yicha Respublika va soxa me’yoriy hujjatlari bajarildi. Eshonxo‘jayev A. O. tomonidan Respublika Davlat arxitektura - qurilish Qo‘mitasi (hozirda Qurilish Vazirligi) toshpirig‘iga binoan Toshkent shahri va Respublika viloyatlarida barpo etilgan o‘nlab yirik transport inshootlari: ko‘priklar, yo‘l o‘tkazgichlar, tonnellar va suv o‘tkazish quvurlarining loyihalari ekspertiza qilingan. Hozirgi kunda u institut ilmiy kengashi va institut qoshidagi doktorlik dissertatsiyalari himoyalari o‘tkazuvchi ilmiy - kengash a’zosi va ushbu ilmiy - kengash qoshidagi ilmiy seminar raisi, Toshkent shahri Yunusobod tumani “Matonat” mahallasi oqsoqolikning maslahatchisi sifatida faol jamoat ishlarini olib borayapti.
    Abdurahmon aka umr yo‘ldoshi Nazira opa bilan farzandlari: Abdumanpon (Toshkent viloyati va shahri ovchilar va baliqchilar uyushmasi raisi), Nodira (kollej o‘qituvchisi), Abdumavlon (tadbirkor), Nasiba (Birlashgan Arab Amirliklari Sharja shaxri aeroporta menedjeri) va ko‘p sonli nevara va evaralarining baxtu taxtini tilab yashayaptilar.    



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar10



Ijtimoiy-gumanitar fanlar5



Tabiiy fanlar80



Filologiya5