Azim Toshkentniig Muqimiy ko‘chasi Oqtepa maydonida Toshkent Pedagogika kolleji joylashgan. Bu o‘quv dargoxi necha - necha yillar mobaynida respublikamizga o‘z xastini bolalar tarbiyasi bilan bog‘lagan yuz mingdan ortiq tarbiyachilarni berdi. Ular orasida fan doktorlari, davlat arboblari, ilmiy xodimlar bor. Albatta, bu dargoxning faoliyat ko‘rsatishda ko‘p yillardan beri unga raxbarlik qilib kelayotgan Eshonxo‘jaeva Ozodaning xizmatlari kattadir.
Eshonxo‘jaeva Ozoda yoshligidan bolalarni sevib ardoqlardi. Shu mehr uni 1959 yilda Toshkent Davlat Pedagogika iistitutiga boshladi. U maktabgacha tarbiya fakultetiga o‘qishga kirdi. Ayni vaqtda Toshkent to‘qimachilik kombinatiga qarashli 9 - bolalar bog‘chasida tarbiyachi bo‘lib ishlay boshladi. O‘qishni tugatgach, xam nazariy, xam amaliy bilimga ega bo‘lgan yosh mutaxassis 1967 yilda hozirgi Toshkent Pedagogika kollejiga o‘qituvchi bo‘lib ishga kirdi. O‘z kasbiga bo‘lgan qiziqish, tirishqoqlik uni boshqalardan ajratib turardi. Shu bois jamoat orasida hurmat qozona boshladi. Pedagogik jamoa uni 1968 yilda kasaba uyushmasi raisi, 1969 yilda Fan uyushmasi raisi etib tayinlandi. U bir vaqtning o‘zida ham o‘qituvchilik, ham jamoat ishlarini bemalol olib borar, berilgan har qanday ishni o‘z vaqtida bajarishga ulgura olardi.
1970 yildai Ozoda Omonovna rahbar muovini vazifasida ishlay boshladi. Endi u maktabgacha ta’lim muassasi rahbarlari, tuman, shahar, viloyat xalq ta’limi bo‘limn mudirlari bilan o‘quv muassasasida pedagogik amaliyotnn tashkil etish bo‘yicha shartnomalar tuzardn. U o‘quv yurtida amaliy bilimni jonlantnra boshladi. 1974 yilda uni shu o‘quv yurtiga raxbar qilib tayinlashdi. Hayotida eng qizg‘in yillar boshlandi. U o‘quv yurtida keskin burilishlar yasadi. Pedagogik jamoa undan juda minnatdor edi. Chunki, uning har bir kilayotgan ishi tubida o‘quv yurtini respublikamizdagi eng yaxshi o‘quv yurtlari qatoriga qo‘shish yotardi.
1997 yilda Respublikamizda ta’lim sohasinn tubdan isloh qilish bo‘yicha “Ta’lim qonuni” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” tasdiqlandi. Shu dastur asosida 1998 yilda Ozoda Omonovna rahbarlik qilayotgan Toshkent pedagogika bilim yurti Toshkent pedagogika kollejiga aylantirildi. O‘quv yurtida yangi hayot boshlandi. Oldinda uning moddiy bazasini keng ko‘lamda yaratish, o‘qituvchilar salohiyati, o‘quvchilarning bilim saviyasini yuqori ko‘rsatkichlarga ko‘tarilish uchun rahbarlik mahorati kerak edi. Ozoda Omonovnada bu mahorat yetarli edi.
Hozirgi kunda kollejga qadam ranjida qilarkanspz, o‘zgacha bir muhit sizni o‘rab oladn. Kollejdagi ozodalik, saramjonlik, o‘quvchilar kiyinishi, odobi, bilimga chanqoqligi darhol ko‘zga tashlanadi. Talabalar dunyoqarashining kengligi, ular tafakkurining kamoloti sizni befarq qoldirmaydi.
Etshonxo‘jaeva Ozoda Omonovna pedagogika fanlarn nomzodidir. U yozgan ilmiy maqolalar, ustoz pedagogining ish tajribalari respublikada maktabgacha ta’lim sohasining rivojlanishi uchui xizmat qilmokda.
Ozoda Omonovnaning xizmatlari munosnb taqdim taqdirlangangan. U “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan o‘qituvchi”, “O‘zbekiston xalk ta’limi a’lochisi” hamda “O‘rta maxsus kasb - hunar ta’limi a’lochisi”dir.
Ha, Toshkent Pedagogika kolleji rahbari Ozoda Eshonxo‘jaevaning bosib o‘tgan umr yo‘llari barcha uchun maktab bo‘lib qolajak.