
Geologiya – mineralogiya fanlari nomzodi, dotsent
1932 yil 5 yanvarda Farg‘ona viloyati Yozyovon tumanida tug‘ilgan. 1950 yilda Yozyovon tumanidagi 10 - o‘rta maktabni tugatib, Marg‘ilon shahridagi pedagogika bilim yurtiga o‘qishga kirgan. 1953 - 1958 yillarda O‘rta Osiyo davlat universitetida injener – geolog – qidiruvchi ixtisoslig bo‘yicha o‘qigan. So‘ngra mehnat faoliyatini O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Geologiya , geodeziya va geofizika ilmiy tadqiqot institutida davom ettirdi. Shu ilmiy tadqiqot institutida davom ettirdi. Shu ilmiy tadqiqoti instituti aspiranturasida tahsil olib, 1965 yilda professor M. Ismoilov rahbarligida “Nurotava Zirabuloq tog‘larida vollostonit konlarining hosil bo‘lishi” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi.
1967 yildan Farg‘ona davlat universitetida ilmiy pedagogik faoliyatini davom ettirdi. Respublika, viloyat xalq talimi sohasi uchun yetuk pedagog kadrlar tayyorlash bilan bir qatorda , mamlakatimiz hududining geologik tuzilishini , turli rudakonlarining hosil bo‘lishini o‘rganishga katta hissa qo‘shdi. Bundan tashqari, Rossiya, Ukraina, Kavkaz, Boltiq bo‘yi respublikalari va boshqa qo‘shni respublikalar geolog olimlari bilan hamkorlikda ilmiy izlanish ishlarini olib bordi. Olib borilgan ilmiy – tadqiqot ishlari haqidagi maqolalari ilmiy jurnallar va to‘plamlarda chop ettirilgan.
Y. Eshpo‘latov nafaqat Farg‘ona davlat universitetida, balki geologiya sohasi bo‘yicha malakali mutaxassis sifatida Farg‘ona politexnika institutida va boshqa o‘quv muassalarida ham ilmiy pedagogik faoliyat olib borgan.
U kelajak avlodni o‘qitish va tarbiyalash sohasidagi faoliyati uchun, Oliy talim ishlaridagi muvaffaqiyatlilari uchun ko‘plab faxriy yorliqlar, “Mehnat faxriysi” va “Shuhrat” medali bilan mukofotlangan. Mehnat faoliyati davomida “Geologiya asoslari”, “Mineralogiya”, “Tarixiy geologiya” “Petrografiya” “Geodeziya” kabi fanlardan dars bergan, 50 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifidir.