O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Farmonov Ismoiljon

Filologiya fanlari nomzodi, dotsent

    1913 yil  9 mayda Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida tug‘ilgan. 1923 - 1929 yillarda  turli tipdagi  maktablarda  tahsil olgan. 1929 yilda O‘rta Osiyo  davlat universiteti  qoshidagi  tayyorlov  kurslarida  o‘qigan. 1930 yilda  shu  universitetning pedagogika fakulteti  adabiyot va mlingvistika bo‘limiga   o‘qishga kirib, 1932 - 1933 yillarda Xo‘jand ppedakademiyasida  o‘qishni  davom ettirgan. 1933 - 1936 yillarda Qo‘rg‘ontepa  shahridagi  ped bilim   yurtida  o‘zbek tili va adabiyoti  o‘qituvchisi  bo‘lib ishlagan. 1936 - 1941 yillarda O‘sh shahri maktablarida  ta’lim sohasida  mehnat  qilgan. 1942 - 1945 yillarda   II  Jahon urushida  ishtirok etgan. Urushdan so‘ng  1945 - 1948 yillarda O‘shdagi pedbilim  yurtida o‘qituvchi, direktor o‘rinbosari   vazifasida faoliyat ko‘rsatgan. 1946 - 1950 yillarda O‘sh  o‘qituvchilar tayyorlash institutida  sirtqi  bo‘lim boshlig‘i bo‘lib ishlagan.1950 yillarda O‘sh o‘qituvchilar tayyorlash institutida sirtqi bo‘lim boshlig‘i bo‘lib ishlagan.
  I. Farmonov 1950 yildan umrining oxirigacha Farg‘ona davlat pedagogika instituti o‘zbek tilshunosligi kafedrasida o‘qituvchi, katta o‘qituvchi, dotsent, kafedra mudiri vazifalarida mehnat qilgan.
  O‘zbek dialektologiyasi fani rivojlanishida, FDPI o‘zbek tilshunosligi kafedrasi ravnaqida I. Farmonovning xizmatlari katta. U O‘sh shevasi yuzasidan jamlangan materiallar asosida 1960 yilda “O‘zbek tilining O‘sh shevasi” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi.
  I. Farmonovning Tag‘ap shevasi bo‘yicha kuzatishlari ham yirik dialektolog olimlar diqqatini jalb qildi va O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot instituti tomonidan nashr qilishga mo‘ljallangan “O‘zbek dialektologiyasidan materiallar” to‘plamining 1 - jildiga tavsiya qilindi.
  Ustoz I. Farmonovning dialektologiya sohasidagi faoliyati nafaqat Farg‘ona, balki respublikamiz miqyosida munosib o‘rin tutadi.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar5



Tabiiy fanlar10



Filologiya80