O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Farmonov Shokir Qosimovich

Farmonov Shokir Qosimovich (1941.20.2, Dangʻara tumani) - matematik olim, Oʻzbekiston FA akademigi (2000). Fizika-matematika fanlari doktori (1973), professor (1977). ToshDU ning mexanika-matematika fakultetini tugatgan (1963). Oʻzbekiston FA Matematika institutida kichik, katta ilmiy xodim, soʻngra ehtimollar nazariyasi boʻlimi mudiri, bosh ilmiy xodim (1965-1988, 1996-2003). OʻzMU ehtimollar nazariyasi va matematik statistika kafedrasi mudiri (1988-1996, 2004 yildan professor). Nizomiy nomidagi Toshkent Pedagogika universiteti matematika oʻqitish metodikasi kafedrasi mudiri (2003-2004). Ilmiy ishlari Markov zanjiri boʻyicha bogʻlangan tasodifiy miqdorlar va vektorlar uchun limit teoremalariga oid. Ehtimollar nazariyasining limit teoremalari boʻyicha turkum ishlarni bajargan. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1973).



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar75



Ijtimoiy-gumanitar fanlar5



Tabiiy fanlar15



Filologiya5