O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Faxrutdinova Mashkura Fazliddinovna

Faxrutdinova Mashkura Fazliddinovna    U orzu    qilishdan, unga  intilishdan  charchamaydi. Muhimi bu yo‘lda uning kuch - quvvati, ilmi, irodasi, sabru bardoshi yetarlimi?.. Orzular ro‘yobi aynan anashularga bog‘liq desak mubolag‘a bo‘lmas... O‘zbekiston Milliy universitetining tunroqshunoslik va agro - kimyo kafedrasi dotsenti Mashkura Faxrutdinova ham ana shunday irodali, ruhan kuchli olima ayollardan.
  Kafedrada “O‘zbekiston asosiy tuproq tiplarining morfogenezisi, geografiyasi, rivojlanishi, xossa va xususiyatlari, unumdorligi va himoyasi” mavzusi doirasida ilmiy tadqiqotlar olib borishda bevosita ishtirok etmoqda. Keyingi 5 yil ichida Kafedrada “Tog‘ tuproqlarining genezisi, evolyutsiyasi, monitoringi, ularni baholash hamda muhofaza qilish”, Nurota tog‘i tekisliklar tuproq qoplamining gorizontal va mintaqaviyligigining umumiy va xususiy qonuniyatlar bosqichlari, “O‘zbekiston tuproqlarining mintaqaviyligi qonuniyatlari, sug‘oriladigan yerlarning antropoli - togenezisi, ularda tuzilma hosil bo‘lish mexanizmi va ifloslanish tendentsiyalari” asosiy byudjet ijrochisi, “Qarshi cho‘li sahro mintaqasi sug‘oriladigan taqir va taqirli - o‘tloqi tuproqlarining unumdorligini oshirishga, mineral va organik o‘g‘itlar qo‘llash tizimini takomillashtirishga yo‘naltirilgan, bio iqlimlantirishga asoslangan texnologik yechimlarni ishlab chiqish” amaliy byudjetlarda ijrochi ilmiy xodim sifatida o‘z ilmini namoyon eta bildi. Shuningdek, FAO va Germaniya Bonn universigegi olimlari bilan hamkorlikda “Xorazmda yer va suv resurslaridan foydalanishni ekologik va iqtisodiy takomillashtirish” ZEF/UNESCO xalqaro dasturi (2002 - 2012 yillar) doirasida ilmiy anjumanlarida seminar treninglarda qatnashib, ilmiy izlanishlar olib borish bilan birgalikda, olingan natijalar asosida ishlab chiqarishga tavsiyalar qilishda ham faol ishtirok etmoqda. Mashkura Faxrutdinova Zomin xalq bog‘i, Chotqol qo‘riqxonasi tuproqlarini o‘rganish bo‘yicha dala tadqiqot ishlarida faol. Kafedra tomonidan unga berilgan o‘quv yuklamalari, ilmiy tadqiqot, ma’naviy - ma’rifiy o‘quv va tashkiliy ishlar bo‘yicha mo‘ljallangan soatlar to‘liq bajarilib kelinmoqda. Tog‘ tuproqlari bo‘yicha tayyorlangan qator nomzodlik dissertatsiyasiga opponentlik qilib kelmoqda.
  Faxrutdinova Mashkura Fazliddinovna kafedrada bajarilgan fundamental va amaliy byudjetlar doirasida olib borilgan dala hamda laboratoriya ishlari natijasida oxirgi besh yilda 30 ga yaqin ilmiy ishlar chop qilgan, shundan, 1 ta monografiya, 3 ta o‘quv qo‘llanma, I ta uslubiy ko‘rsatma respublika va xalqaro miqyosda o‘tqazilgan ilmiy - amaliy anjumanlarda ularga biriktirilgan iqtidorli talabalar bilan ilmiy maqolalar chop etgan.
  Kafedrada 2010 - 2014 yillarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan Erasmus Mundus CASIA Central Asia Student Intemational Academic exchange with European Union - CASIA. (European Union - CASIA) xalqaro loyiha sovrindori bo‘ldi va bu borada Erasmus - Mundus “Central Asia Student International Academic exchange with” dasturi doirasida Casia Yevropa ittifoqi bilan Markaziy Osiyo talabalarining xalqaro akademik almashinuv loyihasi bo‘yicha ish boshlashga muyassar bo‘ldi va xalqaro loyihada O‘zMU bo‘yicha bosh koordinator sifatida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Ushbu loyihani 2011 - 2015 yillar, 2012 - 2016 yillarga mo‘ljallangan loyihalar g‘olibligini ham qo‘lga kiritdi. Loyihaning asosiy maqsadi Yevropaning eng nufuzli qishloq xo‘jalik universitetlarida O‘zbekiston Milliy universitetning yosh iqtidorli  talabalari (bakalavr, magistr) izlanuvchi tadqiqotchilar, doktorantlar va professor o‘qituvchilari tajribasini oshirish va Yevropa tajribalarini o‘rganish uchun imkoniyat yaratishdan iborat. Olima fanning ta’lim va ishlab chiqarish bilan integratsiyasi (olingan natijalarning ishlab chiqarishga joriy etilishi) bo‘yicha tuproqshunoslik fanlarini ta’lim va ishlab chiqarish bilan integratsiyalash maqsadida kafedrada bajarilayotgan ilmiy tadqiqot byudjetlarining dasturidan kelib chiqib, talabalarga tegishli malakaviy bitiruv ishlari va magistrlik dissertatsiyalari mavzulari berib, ularga rahbarlik qilmoqda.
  Mashkura Faxrutdinova kafedra an’analariga sodiq qolib, respublikada mavjud barcha qishloq xo‘jaligi yo‘nalishlariga oliy va o‘rta maxsus ta’lim yurtlari uchun tajribali pedogog, ilmiy tadqiqot davlat institutlari uchun dunyo andozalariga mos keladigan yuqori tajribali tuproqshunos kadrlar tayyorlab berishda o‘z hissasini va bor kuchini ayamay mehnat qilib kelmoqda.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar5



Tabiiy fanlar80



Filologiya10