O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Fayzixodjayeva Dilbar Ergashevna

Fayzixodjayeva Dilbar Ergashevna    Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, falsafa fakultetinnng “Falsafa tarixi va mantiq” kafedrasi dotsenti, falsafa fanlari nomzodi Fayzixodjayeva Dilbar Ergashevna ushbu kafedrada 1993 yildan buyon ishlaydi. U mehnat faoliyati davomida o‘zini xalol, ishchan, intizomli, barcha ishlarga mas’uliyat bilan qarovchi, o‘z ishiga ijodiy yondashadigan xodim sifatida ko‘rsatdi.
  Dilbar Fayzixodjayeva falsafa fakulteti va kafedra xayotida ilmiy, uslubiy, amaliy, jamoat ishlarida faol qatnashadi. U kafedrada bakalavr talabalari uchun “Mantiq”, “Mantiq tarixi”, “Noklassik mantiq” predmetidan; magistr talabalari uchun esa “Mantik ilmining rivojlanish tendentsiyalari”, “VIII - XVIIl asrlar Yaqin va O‘rta Shark ijtimoiy - falsafiy fikrlari” mutaxassislik fanlaridan dars olib boradi. Mazkur kurslar bo‘yicha o‘quv - uslubiy majmualari mavjud.
  Dilbar Fayzixodjayeva mehnatsevar, o‘ziga talabchan inson. U fakultet talabalariga o‘zidagi barcha bor bilisharni o‘rgatishga, singdirishga harakat qiladi. Kafedra professor - o‘qituvchilari tomonidan uning magistrlarga o‘tgan bir necha ochiq ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlari taxlil qilindi. Kafedra yig‘ilishlarida bu taxlillar o‘qituvchilar tomonidan ijobiy baxolandi.
  Olima ilmiy - pedagogik faoliyati davrida, fakultet, kafedra tomonidan yuklatilgan jamoat topshiriqlarini bajarishda, ya’ni talabalar yotoqxonasida turli  mavzularda davra suxbatlarini, kechalarini o‘tkazishda faol qatnashadi.
  Dilbar Fayzixodjayeva xayotda kamtar, halol, sofdil inson sifatida hamkasblari o‘rtasida obro‘- e’tiborga ega.
  Dilbar Fayzixodjayeva shu kunga kadar 100 ga yakin ilmiy-nazariy makolalar chop ettirgan. Jumladan, “Abu Nasr al - Forobiy va Ibn Sino mantikiy isbotlash hakidagi monografiya muallifi. O‘quv qo‘llanmalari: 1. Sharipov M., Fayzixo‘jayeva D.”Mantiq”. Ma’ruzalar matni. 2. Sharipov M., Fayzixo‘jayeva D. “Mantik”. Oliy o‘quv yurtlari uchun o‘quv qo‘llanma. Mazkur o‘quv qo‘llanma uchun Iste’dod jamg‘armasining 2 - darajali diplomi bilan taqdirlangan. 3. Sharipov M., Fayzixo‘jayeva D. “Mantiq”. Falsafa yo‘nalishi uchun.
  “ITD – 4 - 160 Ta’lim tizimida falsafa fanini o‘qitishning takomillashtirilgan o‘quv - uslubiy ta’minotini ishlab chiqish va amalga tatbiq etish” davlat byudjeti doirasida chiqarilgan o‘quv adabiyotlar: 1. D. Pulagova D. Fayzixo‘jayeva va b.” Donishmandlik saboqlari”. 2. D. Pulatova D. Fayzixo‘jayeva “Mantiq” (o‘quv - uslubiy qo‘llaima). 3. Fayzixo‘jayeva D. D. Pulatova.” Mantiq yoki men tafakkur sirlarini o‘rganaman.”
  Lug‘atlar: “Milliy entsiklopediya”, 9 ta maqola. “Falsafa: qomusiy lug‘at”, 22 ta maqola. “Falsafa: entsiklopedik lug‘at”, 4 ta maqola. “Ma’naviyat lug‘ati”, 6 ta maqola. Shuningdek, Dilbar Fayzixodjayeva tomonidan tuzilgan “Mantiq. Izohli lug‘at”i O‘zbekistonda birinchi marotaba tuzilgan lug‘atdir.
  Maqola va ilmiy maqolarining asosiylari: “Temur tuzuklari”da mantiqiy xulosalashning asoslari. (Samarqand shahrining 2750 yilligiga bag‘ishlangan. Respublika yosh olimlarinping ilmiy maqolalar to‘plami. “Farobiy notiqlik san’ati hakida.”) Shark falsafasi qadriyatlari va ularning  “O‘zbekiston ma’naviy hayotidagi o‘rni”. Ilmiy maqolalar to‘plami. “Maktabgacha yoshdagi bolalarda mantiqiy tafakkurini shakllantirish”. O‘zbek sharqshunosligi: buguni va ertasi. “Markaziy Osiyo mutafakkirlari argumentlash haqida”. (Falsafiy madaniyatlar muloqoti. Ilmiy to‘plam).
  Xalqaro konferentsiyalardagi ma’ruza va maqolalari: 1. Al - Forobiy merosi va madaniyatlararo suhbat masalalari Xalqaro ilmiy - amaliy konferentsiya. (Alma - Ata). 2. Insoniyat kelajagi – baxt - saodatga erishish. “Sivilizatsiya kelajagi: falsafiy yondoshuv”. Xalqaro ilmiy - nazariy konferentsiya. 3. Teoriya definitsii v logike Ibn Siniy Uchenie Ibn Sino v razvitii nauki. VII Mejdunarodnyu Avitsennovskie chteniya (tezisiy nauchno - prakticheskoy konferentsii). (Buxara.) 4. Prepodovanie logiki v globalnoy sisteme obrazovaniya. Mejdunarodnaya nauchnaya konferentsiya po teme “Sovremenniy metodiy nauchnogo issledovaniya v sisteme globalnogo viysshego obrazavaniya” Navoiy - Buxoro.
  Dilbarxon oilali, 3 farzandning onasi, 5 nabiraning sevimli buvijonisi.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar10



Ijtimoiy-gumanitar fanlar80



Tabiiy fanlar5



Filologiya5