Toshkent Farmatsevtika instituti dotsenti, tibbiyot fanlari doktori Fayzieva Ziyoda To‘raevna 1997 yilda 2-Toshkent Davlat Tibbiyot instituti (TTA)ni tugatib, sanitariya, gigiena, epidemiologiya shifokori mutaxassisligini olgan. 2002 yilda «Farmakologicheskoe issledovanie shtok rozi i ee biologicheski aktivnыx veshestv» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
Ilmiy ishning natijalari asosida baxmal-gul o‘simligidan olingan preparatlarning balg‘am ko‘chiruvchi va yo‘talga qarshi farmakologik faolligi isbotlab berildi va ularni dori vositalari sifatida klinik sinovlardan o‘tkazish uchun 2001 yil 29 martda Sog‘liqni saqlash vazirligi Farmakologik qo‘mitasining ruxsati olindi.
Toshkent farmatsevtika institutining Markaziy ilmiy tekshirish laboratoriyasida 1998-2003 yillarda kichik ilmiy xodim, farmakologiya kafedrasi assistenti, 2006 yildan "farmakologiya va klinik farmatsiya" kafedrasining dotsenti lavozimida ishlagan.
Pedagogik faoliyat bilan birga Ziyoda Fayzieva mahalliy xom ashyolar asosida olingan yangi dori vositalarining farmako-toksikologik xususiyatlarini o‘rganish yo‘nalishidagi ilmiy ishlarini davom ettirdi. Nomzodlik dissertatsiyasi yoqlangandan keyingi davrda 50 dan ortiq ish e’lon qilgan, shulardan 1 ta ma’ruzalar matni, 19 ta ilmiy maqola, 19 ta tezis, 3 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar hisoblanadi. 1 ta patentga muallifdoshlik qilgan. Gipoglikemicheskoe sredstvo (2011 yil) TTA Ixtisoslashtirilgan Kengashida "Farmakologiya biologicheski aktivnыx veshestv, videlennix iz "STEVIYA REBAUDIANA B, RHODIOLA SEMENOVII A , HELIANHUS TUBEROSUS L" mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. (Ilmiy maslahatchi tibbiyot fanlari doktori, professor - Z.Z.Hakimov). Unga tibbiyot fanlari doktori ilmiy darajasi berildi.
Doktorlik dissertatsiyasini bajarish davomida Ziyoda Fayzieva tomonidan 2-turdagi qandli diabetning ishlatish uchun mo‘ljallangan va steviya, yer- nok, rodiola o‘simliklari asosida olingan dori vositalarining farmako-toksikologik xususiyatlari to‘lik o‘rganilgan. Ushbu dori vositalarining gipoglikemik faolligi turli eksperimental diabet modellarida hayvonlarda isbotlab berilgan va amaliyotda ishlatish uchun tavsiya etilgan.
2009 yilda olimaning "Vliyanie glikorazmulina na bioximicheskie pokazateli krovi pri alloksanovom diabete" nomli maqolasi Moskvada "Problemm endokrinologii jurnalida chop etildi.
2014 yilda tibbiyot fanlari doktori Fayzieva Ziyoda To‘raevnaning qo‘p yillik ilmiy izlanishlari natijasida "Farmako-toksikologicheskaya xarakteristika novix gipoglikemicheskix preparatov iz " STEVIYA REBAUDIANA B, RHODIOLA SEMENOVII A , HELIANHUS TUBEROSUS L" nomli monografiyasi e’lon qilindi.
2015 yilda AQShda bo‘lib o‘tgan Science in the modern information society V" nomli ilmiy-amaliy anjumanda o‘z ilmiy materiallari bilan ishtirok etdi. 2016 yilda Ziyoda Fayzievaning ilmiy maqolalari Buyuk Britaniyaning Kembridj universiteti tomonidan nashr etiladigan « Cambridge Journal of Education and Science»da chop etildi. Bundan tashqari olimaning ilmiy izlanish natijalari Moskva, Sankt-Peterburg, Armaniston, Ukraina, Turkiyada o‘tkazilgan bir qator ilmiy anjumanlar materiallariga kiritilgan. 2013 yildan buyon dotsent Ziyoda Fayzieva Toshkent farmatsevtika instituti ilmiy tadqikot va ilmiy pedagog kadrlar tayyorlash sektori mudiri sifatida ishlab kelmokda.
Ziyoda Fayzievaning bevosita ishtirokida institutda ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash tizimi yangilandi, katta ilmiy xodim izlanuvchilar va mustaqil izlanuvchilar instituti tashkil etildi va uning samarali faoliyat olib borishi uchun sharoit yaratildi. Ziyoda To‘raevnaning 1 nafar katta ilmiy xodim izlanuvchi va 1 nafar mustaqil izlanuvchiga ilmiy maslahatchi bo‘lib, ilmiy tadqiqot faoliyatini olib borishda yaqindan yordam berib kelmokda.
Shuningdek, Toshkent farmatsevtika institutining farmatsevtlar tajribasini oshirish fakulteti tinglovchilariga farmakologiya, klinik farmakologiya va mikrobiologiya fanlaridan amaliy mashg‘ulotlar, ma’ruzalar o‘tib kelmokda. Tinglovchilar uchun farmakologiyadan bir kator uslubiy ko‘llanmalar va ma’ruzalar matnlari chop etildi.
Tibbiyot fanlari doktori, dotsent, yetuk olima Fayzieva Ziyoda To‘raevna Toshkent farmatsevtika instituti huzuridagi fan doktori ilmiy darajasini beruvchi ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminar, Sogliqni saklash vazirligi qoshidagi "Farmatsiya va farmakologiya" muvofiqlashtiruvchi kengashi a’zosi hisoblanadi.