O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Fayzullayeva Dilfuza

    Jamiyatimizda shunday ayollar borki, ularning  serqirra  fazilatlari va qilayotgan  ishlaridan  qancha  faxrlansak  arziydi. Ana  shunday  ayollardan  biri  mashaqqatli  kasb egasi  Fayzullaeva dilfuza  Bahodirovnadir.  Dilfuza Bahodirovna  tibbiyot fanlari  nomzodi , gepatolog , spidolog, poytaxtning Yunusobod  tumanida  joylashgan  Sog‘liqni  saqlash  vazirligiga  qarashli  Virusologiya  ilmiy–tekshirish  instituti  klinikasining bosh shifokoridir.
    Dilfuza bolaligidanok chaqmokdek shiddatli va o‘tkir zehnli qiz bo‘lgan. Shu bois maktabida xam, Toshkent Davlat pediatriya oliy o‘kuv yurtida ham faol bo‘lib, o‘zi tengilariga boshchilik kilgan. U bajaraman degan ishni bajaradigan, atrofidagilardan xam shuni talab kiladigan malakali shifokor bo‘lib yetishdi. 1989 yildan boshlab mehnat faoliyatini boshladi. Bu davr yurtimiz sho‘rolar tuzumining so‘nggi zanjirlarini uzib, mustaqillik sari odimlayotgan bir davr edi. Ana shunday bir vaqtda Dilfuzaning ustozi akademik olim Musaboev Isa Qurbonovich qimmatli maslahat berdi: «Vatanni olimlar dunyoga tanitadi». Dono qiz hokisor, shuning qatorida entsiklopedik ilm egasi bo‘lgan ustozining o‘gitlarini qulog‘iga oldi. Har kuni yangidan-yangi adabiyotlar izlar, chanqoqlik bilan ularni mutolaa qilardi. 2002 yilda u o‘zining nomzodlik dissertatsiyansini  muvaffaqiyatli him oya qildi.
    Dilfuza Bahodirovna o‘z ustida qat’iyat va sabr-toqat bilan ishlaydi. U doimiy izlanishda bo‘lib, tibbiyotning muhim va dolzarb masalalarini mustaqil tadkiq qilayotgan vrach-olima sifatida ajralib turadi. Uning beorom qalbi hech tinib-tinchimaydi. Sababi qo‘l ostidagi bemorlari jiddiy kasallik bilan og‘rishgan. OITS, V, S gepatitlari va shunga o‘hshagan yuqumli kasalliklarga chalingan bemorlarga sidqidildan yordam berib kelmoqda. Ularning hastaliklarini davolashda, ko‘ngillariga orom berishda o‘zining bor bilim va mehnatini ayamay hizmat qilib kelmoqda. Dilfuza Bahodirovna mahalla-ko‘y, yaqin oradagi bog‘cha, maktab, tashkilotlar va umuman, aholi orasida muntazam ma’ruzalar qilib yoki xodimlarini targ‘ibotchi sifatida yuborib yuqumli kasalliklar bo‘yicha ma’ruzalar uyutirishdan charchamaydi. «Har bir insonning salomatligidan jamiyatimiz salomatligi shakllanadi» - bu uning doimiy shiori. Bundan tashqari «Yuqumli kasalliklarga chalinmaslik uchun har birimiz bu kasalliklar bo‘yicha albatta o‘z bilimimizni oshirishimiz shart», deb ta’kidlash uning kundalik so‘zlariga aylangan.
    — Biz ertangi sog‘lom avlodni turli kasalliklardan saqlab qolish uchun ham bugun harakat qilishimiz kerak, — deydi Dilfuza Bahodirovna.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar10



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar75



Filologiya5