Fayzullaeva Nilufar 1966 yilning 9 mayida Qashkadaryo viloyatining Qarshi shahrida tug‘ilgan. 1983 yil u Qarshi shahridagi 10-makta6ni a’lo baholarga tugatdi va Qarshi Davlat pedagogika institutining rus tili va adabiyoti fakultetiga o‘qishga kirdi. 1987 yilda institutni imtiyozli diplom bilan tugatib, Toshkent Irrigatsiya va qishlok xo‘jaligini mexanizatsiyalash muxandislari institutining «Pedagogika» kafedrasida ishladi. 1990 yilda tanlov asosida Qarshi Davlat pedagogika institutining «pedogogika» kafedrasi o‘qituvchisi lavozimnga qabul qilindi. 1993 yilda esa shu kafedraning katta o‘qituvchisi etib tayinlandi. I.Fayzullaeva o‘zining universitetdagi faoliyati davomida pedagogika nazariyasi va tarixi bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib bordi. U qator yillar davomida «Bo‘lajak o‘qituvchilarni maktabdagi ta’lim jarayonda fanlarning o‘zaro aloqadorligini aniqlash va undan foydalanishga tayyorlash» mavzusida tadqiqot olib bormoqda. Uning mazkur muammoga bag‘ishlangan ilmiy ishlari va maqolalari respublika, viloyat, shaxar miqyosida o‘tkazilgan ilmiy-amaliy anjumanlarda bayon etilgan. 2000 yilda nomzodlik ishini himoya qildi.
2004 yildan buyon u «Pedagogika» kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda. O‘zining ish faoliyati davomida umumta’lim maktablari, litsey va kollej o‘qituvchilari bilan muntazam aloqada bo‘lib, ularga uslubiy yordam ko‘rsatmoqda. N.Fayzullaeva dunyoqarashi keng, doimiy ravishda o‘z malakasini, siyosiy, iqtisodiy va ilmiy-nazariy saviyasini oshirish ustida ishlaydi, shu boisdan xam universitet jamoatchiligining xurmatiga sazovor bo‘lgan.
N.Fayzullaeva asosiy ish faoliyatidan tashqari tadbirkor ayol sifatida xam viloyatda tanilgan. Turmush o‘rtog‘i Sh. Murodov bilan 1992 yildan beri Qarshi savdo-sanoat kompaniyasining faoliyatida ishtirok etmoqda.
Uch farzandini ardoqlab o‘stirayotgan Nilufarxonga ezgu niyatlar ro‘yobini tilab qolamiz.