O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Gabriyelyan Nina Ayrapetovna

Gabriyelyan Nina Ayrapetovna    Gabriyelyan Nina Ayrapetovna 1925 - yilning 29 - noyabrida Ozarbayjonning Nigi shahrida tavallud topgan. Turkmanistonning Mari shahridagi 2 - maktabni oltin medal bilan tamomlagach, O‘rta Osiyo Politexnika institiga o‘qishga kirgan. 1951 yilda uni shakar va kraxmal ishlab chiqarish texnologiyasi ixtisosi bo‘yicha tamomlab, muhandis - texnolog mutaxassisligiga ega bo‘ldi. Mana ellik uch yildirki, u yurak qo‘rini ilm - fan va yosh avlodni voyaga yetkazish yo‘lida sarflamoqda.
  Yana uning tarjimai xoliga bir nazar:
  Nina Ayrapetovna institutni bitirgach, boshqarma yo‘llanmasi bilan Armanistonning Spitak shaxri shakar zavodiga ishga keldi. Mehnat faoliyatini bosh kimyogar yordamchisi vazifasida boshladi, bosh muhandis lavozimigacha ko‘tarildi. 10 yil mobaynida ishda ko‘rsatgan hizmatlari, limon kislotasi ishlab chiqarishda shakar ishlab chiqarish chiqindilaridan sof shakar o‘rniga foydalanishni joriy etishi munosabati bilan moddiy va ma’naviy taqdirlandi.
  1951 yilda turmush o‘rtog‘i ishga yuborilishi munosabati bilan Toshkent shaxriga ko‘chib kelishdi. N. A. Gabrielyan TonShI qoshidagi Polimer va monomer kimyosi ilmiy - tadqiqot laboratoriyasida ishlay boshladi. 1969 yilda nomzodlik dissertatsiyasini yoqlab, 1972 yilda katta ilmiy xodim darajasiga yetdi. Ushbu laboratoriyada 1975 yilga qadar ishlab, kimyo sanoatida yangi tur poriporlari qo‘llash texnologiyalarini ishlab chiqish va tadbiq etishda faol qatnashdi. Ittifoq xalq xo‘jaligi yutuqlari ko‘rgazmasining ikki bora bronza medali bilan taqdirlandi.
  I. A. Gabriyelyanning ilmiy raxbarligi ostida ikkita  nomzodlik dissertadiyasi yoqlandi. Olima laboratoriya xodimlariga ilmiy ishlarida yaqindan yordam berib keldi.
  Toshkent Kimyo - texnologiya instituti rahbariyati ko‘rsatmasiga binoan I. A. Gabriyelyan 1974 yilda kimyo sanoati iqtisodiyoti va ishlab chiqarishni tashkil qilish kafedrasiga katta o‘qituvchi lavozimiga o‘tkazildi. 1983 yilda dotsent lavozimiga erishdi. Hozirgi kunga qadar ushbu kafedrada faol xizmat qilib kelmoqda. U yuqori kurslarda barcha mutaxassisliklar bo‘yicha mashg‘ulotlar olib bormoqda xamda talabalarning diplom ishlariga rahbarlik qilib kelmoqda.
  Hozirgi kunda N. A. Gabriyelyan Menejment kafedrasi bakalavrlari va magistrlari bilan faol shug‘ullanib, “Menejment asoslari”, “Menejment”, “Korxona iqtisodiyoti”, “Ishlab chiqarishi tashkil etish, ishlab chiqarishni boshqarish”, “Tarmoq iqtisodiyoti”, “Standartlash va sertifikatlash” fanlaridan mashg‘ulotlar olib boradi. Talabalarning ilmiy va bitiruv ishlari hamda magistrlar dissertatsiya ishlariga rahbarlik qiladi. 
  N.A. Gabrielyan 140 dan oshiq ilmiy   ishlar muallifi, shu jumladan 2 ta mualliflik guvohnomasiga ega. Uning 26 ta uslubiy qo‘llanma, 2 ta monografiyasi chop etilgan. 1999 — 2004 yillar mobaynida ellikta mavzu bo‘yicha yangi ma’ruzalar to‘plamini tayyorlagan, N.A. Gabrielyan institut va kafedra jamoa ishlarida ham faol qatnashib kelmoqda. Turli komissiyalar a’zosi, tashkiliy guruhlarda tarbiyaviy ishlar bo‘yicha murabbiy, kafedra mudiri muovinidir.
  N.A. Gabrielyan ko‘plab faxriy yorliq va nishoplar bilan taqdirlangan. Toshkent Kimyo-texnologiya instituti Ilmiy kengashi qarori bilan unga dotsent unvoni berilgap.
  Fidoyi inson, talabalar va o‘qituvchilar orasida katta obro‘-e’tiborga ,ega bo‘lgan ustoz N.A. Gabrielyanga sixat-sa- lomatlik tilaymiz.  



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar80



Filologiya5