O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Gafarov Ilg‘or Ahmadjonovich

Gafarov Ilg‘or Ahmadjonovich    Ilg‘or Ahmadjonovich Gafarov 1960 - yil 20 - iyulda Namangan shahrida  xizmatchi oilasida tug‘ilgan.
    1964 - 1974 yillari Namangan shahridagi 5 - o‘rta maktabda, 1975 - 1977 yillari shahardagi  matematika yo‘nalishi bo‘yicha ixtisoslashtirilgan 7 - o‘rta maktabda o‘qib, a’lo  baholarga tamomlagan. O‘quvchilik yillarida matematika fanidan o‘tkazilgan fan olimpiadalarida shahar viloyat bosqichlarida sovrinli o‘rinlarni egallagan. 1976 - yilda respublika bosqichida ishtirok etgan..
    1977 - yil Toshkent davlat universitetining matematika    fakultetiga o‘qishga kirib, 1982 yili a’lo baholar bilan tugatgan.
    Akademik M. M. Lavrentev rahbarligi ostida tayyorlagan bitiruv diplom ishi 1983 yili nufuzli markaziy ilmiy maqolalar to‘plamida chop etilgan.
    Mehnat faoliyatini 1982 yildan O‘zFA Matematika institutida stajyor - tadqiqotchi lavozimida boshlagan.
    1983 — 1984 yillari Novosibirsk davlat universitetida stajyor - tadqiqotchi, 1984 — 1987 yillarda esa shu universitetning kunduzgi aspiranturasida akademik M. M. Lavrentyev rahbarligida tahsil olgan. Aspiranturadan so‘ng 1988 yil sentyabr oyiga qadar Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti Namangan filialida (hozirgi NMII) muhandis - dasturlovchi sifatida faoliyat ko‘rsatgan.
    1988 - yilda Toshkent politexnika institutining Namangan filialiga (hozirgi NamMPI) ishga kelib, 1993 - yilgacha oliy matematika kafedrasi assistenti bo‘lib ishladi.
    1989 - yili Novosibirsk davlat universitetida oprator “koeffitsentli differentsial tenglamalarga qo‘yilgan ichki va tashqi masalalar” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi va fizika - matematika fanlari nomzodi ilmiy darajasiga erishdi. 1993 yil unga dotsent ilmiy unvoni berildi. 2003 yildan boshlab informatika fakulteti dekani lavozimida ishlamoqda.
    I. A. Gafarov ayni paytda operator koeffitsientli differentsial tenglamalar bo‘yicha doktorlik dissertatsiyasi ustida ilmiy - tadqiqot olib bormoqda.
    Olimning 35 dan ortiq ilmiy va o‘quv - uslubiy maqolalari chop etilgan.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar80



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar5



Filologiya5