O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

G‘affarova Talat

G‘affarova Talat    1949 yilning sentyabr oylari. Bu yil kuz har yilgidan erta tushib, kunora yomg‘ir ishvalab turadi. U paytlar hozirgidek keng, ravon, asfaltlangan ko‘chalar kayokda deysiz. Yozgi chang ko‘chalar loy ko‘chalarga aylangan. Ayniqsa, maktabga ilk “tetapoya” qilgan bolajonlarning bu yo‘llardan maktabga qatnashi oson emasdi.
  Xuddi shu kunlari xali olti yoshni “qoralamagan” kizalok o‘zidan bir - ikki yosh katta opachasi va akasi ortidan “Men xam maktabga boraman”, deya ko‘chaga chikib, ularga ergashadi. O‘shanda qizchaning nozik oyoqchalari loyga botib, yurolmaydi. Besh - olti eshik narida yashaydigan maktabning o‘sha paytdagi direktori O‘roz aka Islomov ilm dargoxi tomon extiyotkorona odimlar ekan, oyisining bag‘ridan yulqinib yig‘layotgan qizaloqqa ko‘zi tushib, gap nimadaligini tushunadi va “Qani menga beringchi qizingizni”, deya ko‘tarib maktabga olib boradi. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Abdulla Obidov qo‘liga topshiradi. “Bir - ikki kun sizning sinfingizga kelib tursin, maktabning tartib - intizo mini bir ko‘rsin, keyin onasini bezor qilmay, uyda jimgina o‘tiradigan bo‘ladi”, deb qo‘ydi. Oradan ikki oy o‘tdi. Bir kuni direktor qizchaning qo‘lidagi daftariga nimalar yozib - chizib yurganini shunchaki ko‘rmoqchi bo‘lib, daftarni ochdi - yu, ko‘zlariga ishonmadi. Xarflar, ularning belgilari, o‘sha davrga xos  — sodda, chiroyli yozilgan ediki, ularni husnixat darajasida, deb baholasa bo‘lardi.
  “Bola – boshidan” deganlaridek, 1943 yilning 2 noyabrida so‘lim Qashqadaryoning Qarshi shahrida dunyoga kelgan bu qizaloq, keyinchalik maktabni a’lo baholarga tugatgan, talabalik yillari institut kasaba uyushmasi a’zosi, anjumanlarda tez - tez ko‘pchilikning diqqatini tortgan ma’ruzachi, talabalar ilmiy jamiyatining faol ishtirokchisi, imtiyozli diplom egasi, o‘qituvchilarning ilmiy - nazariy yig‘ilishlarida muhim va dolzarb mavzularda ma’ruzalar qilgan va ustozi Malla Ochilov rahbarligida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoyalagan, pedagogika fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega bo‘lgan, 1998 yildan dotsentlik unvoniga sazovor bo‘lgan, “Xalq ta’limi a’lochisi”, Respublika “Olima” ayollar assotsiatsiyasining a’zosi, Respublika Ta’lim markazining boshlang‘ich ta’lim ilmiy - metodik kengashi a’zosi, “O‘zbekiston mustaqilligining 10 yilligi” nishoni sohibi, dunyo kezgan mashhur olimaga aylandi.
  Tanishing, bu tinib - tinchimas fidoyi inson o‘z kasbining yetuk mutaxassisi, hozirga qadar 120 dan ziyod ilmiy maqolalar, darsliklar, qo‘llanma va risolalar muallifi Talat G‘afforova bo‘ladi. 
  — Men tabiatan yangilikka intiluvchan insonman, — deydi olima o‘zining so‘nggi 7 — 8 yil mobaynidagi faoliyatini sarhisob qilar ekan. — Men 1997 yil “Olima” assotsiatsiyasi tavsiyasi bilan Yevropa Ittifoqi TASIS dasturining “Ayol va demokratiya” loyihasi ishlarida ishtirok etdim. Angliyaning Bilston kollejida bo‘lib, ta’lim ishlariga qiziqdim, bizdan farqli va ijobiy tomonlarini o‘rgandim. Natijada “O‘qituvchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimida axborot texnologiyalaridan foydalanish” mavzusidagi loyihamiz YeU TYeMRUS dasturiga kiritildi. Loyiha ishlarimiz yakunida universitetda “Resurs markazi” ochildi. Unga ta’limning yangi axborot texnologiyalarining barcha uskunalari TYeMRUZ ajratgan mablag‘ hisobidan keltirildi, internetga ulandi. Ulardan foydalanishni o‘rganish uchun barcha imkoniyatlar yaratildi. “Ta’limning ilg‘or texnologiyalari” nomli monografiyamiz chop etildi. Men biron daqiqa vaqtimni behuda o‘tkazmay, ta’lim rivojiga baholi qudrat hissa qo‘shib kelayotganimdan bag‘oyat xursandman.  



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar10



Ijtimoiy-gumanitar fanlar80



Tabiiy fanlar5



Filologiya5