O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

G‘afurov Qahramon

G‘afurov Qahramon    Qahramon G‘afurov  1940 yil 11  fevralda Namangan viloyati Uychi tumani  Birlashgan qishlog‘ida xizmatchi oilasida tug‘ilgan.
    1957 yil tumandagi 7 - o‘rta maktabni  tamomlagach , kinomexaniklar va shofyorlar kursida o‘qigan.
    Q.G‘ofurov mehnat faoliyatini  1959 yil Chirchiq elektrokimyo zavodida  kompressorlar nnisti sifatida boshlagan.
    1959 - 1965 yillarda ToshPIning kimyo – tenologiya fakultetida tahsil olgan.  1965 - 1966 yillarda Farg‘ona azotli o‘g‘itlar zavodida smena boshlig‘i, 1966 — 1968 yillarda Tojikiston FA Kimyo institutida kichik ilmiy xodim, 1968 — 1971 yillarda O‘zbekiston FA Kimyo institutida aspirant, 1973 — 1975 yillarda katta ilmiy xodim, 1976 — 1980 yillarda Olmaliq kimyo zavodida markaziy laboratoriya boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.
    1972 yilda “Pestitsid rogorning makro va mikro o‘g‘itlar bilan o‘zaro ta’siri” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilib, kimyo fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega bo‘lgan.
    1980 — 1998 yillarda Toshkent politexnika insttuti Namangan filialida (hozirgi NamMPI) umumiy kimyo kafedrasi mudiri lavozimida ishlab, 1983  yilda umumiy kimyo kafedrasiga asos solgan, so‘ngra shu kafedra negizida bir necha kafedra va texnologiya fakulteti barpo etildi. U 1998 yildan boshlab Namangan muhandislik-pedagogika instituti kimyoviy texnologiya kafedrasining professori lavozimida ishlab kelmoqda.
    1990 yilda “Qoratog‘ fosforitini kislotali ishlash mahsulotlarining ekologik tozaligini oshirish va resurslarini tejash” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan va texnika fanlari doktori ilmiy darajasiga sazovor bo‘lgan. 1993 yilda unga kimyo fanlari professori ilmiy unvoni berilgan.
    U “Qoratog‘ fosforitidan ftorsizlangan o‘g‘itlar” monog‘rafiyasi, oliy ta’lim uchun “Kimyoviy texnolog‘iyaning nazariy asoslari”, “Mineral o‘g‘itlar va tuzlar texnologiyasi” va “Murakkab reaktsiya mexanizmi va kataliz” o‘quv darsliklarining muallifidir. Shuningdek, olim 150 dan ortiq ilmiy va o‘quv - uslubiy ishlar chop ettirgan, 20 dan ortiq ixtirosi bor.
    Ammofos - K, Superammofos-K, Monoammoniyfosfat (Ammofos - 1) kabi texnologiyalari amalda joriy etilgan.
    Q.G‘afurov tarix va she’riyat bilan qizg‘in shug‘ullanadi, bir necha she’riy to‘plamlari chop etilgan.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar80



Filologiya5