O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

G‘afurova Lazizaxon Akramovna

Gafurova Lazizaxon Akramovna    O‘zbekiston Milliy universitetining Biologiya  tuproqshunoslik fakulteti, Tuproqshunoslik va agrokimyo kafedrasi professori, biologiya fanlari doktori G‘afurova Lazizaxon Akramovna tuproqlar genezisi, ekologiyasi, melioratsiyasi, eroziyashunoslik, tuproq unumdorligini oshirishning biologik asoslari sohalarida o‘z maktabini yaratgan taniqli olimadir. Hozirgi vaqtga qadar u 250 dan ortiq ilmiy asarlar muallifi, shu jumladan 8 ta monografiya, 7 ta risola, 4 ta darsliklar muallifi. U qishloq xo‘jaligida eng yaxshi ilmiy ishlar uchun o‘tkazilgan Respublika tanlovida III darajali diplom sovrindori.
  G‘afurova Lazizaxon Akramovna Respublikada tuproqshunoslik bo‘yicha nafaqat taniqli olima, tadqiqotchi, pedagog, balki O‘zbekiston tuproqshunoslik ilmini faol ommalashtiruvchisi hamdir. U ko‘plab ilmiy seminarlar, konferentsiyalar, qurultoylar tashkilotchisi va ishtirokchisi, tuproqlardan oqilona foydalanish hamda muhofaza qilishning, tuproq unumdorligini oshirishning huquqiy asoslari bo‘yicha qonunlar tayyorlash uchun Oliy Majlis tomonidan tuzilgan guruh a’zosi. Yoshlarni, talabalarni tuproqshunoslikning nazariy asoslari va amaliy ko‘nikmalariga o‘rgatish uchun ko‘p bilim va kuch sarflamokda, talabalar bilan ilmiy maqolalar e’lon qilmokda, u rahbarlik qilgan katta ilmiy xodim, magistrant va talabalarning ilmiy ishlari respublika va xalqaro tanlovlarda nufuzli sovrinli o‘rinlarga ega bo‘lmoqda.
  Lazizaxon G‘afurova ilmiy innovatsiyalar tarafdori. Uning faol ishtiroki va tashabbusi bilan ilk bor “O‘zbekiston agrar fani xabarnomasi” respublika ilmiy - amaliy jurnali chop etilmoqda.
  Olima o‘zining ilmiy - pedagogik faoliyatini jamoat ishlari bilan faol qo‘shib olib bormoqda. Jumladan, u O‘zR Oliy va o‘rta maxsus ta’lim hamda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirliklarining Ilmiy texnik kengashlarining a’zosi; Agroekobitexnologiya markazi ilmiy konsultanti; “Yosh tuproqshunos” talabalar ilmiy klubining konsultanti; O‘zR Oliy Majlisi Agrar va suv masalalari Qo‘mitasi komissiya a’zosi; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha Vakili (ombudsman) huzuridagi va erkinliklariga rioya etishi bo‘yicha komissiya a’zosi; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha Vakili (ombudsman)ning Toshkent viloyati bo‘yicha mintaqaviy vakili; O‘zR Vazirlar Mahkamasi huzuridagi OAK qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha komissiya a’zosi; O‘zbekiston Ekologik harakati ilmiy - texnik kengashi a’zosi. O‘zR Fan va texnologiyalarni muvofiqlashtirish qo‘mitasi ekspert kengashi a’zosi; O‘zbekiston tuproqshunoslar jamiyati vitse - prezidenti; “Olima” xotin - qizlar uyushmasi hay’at a’zosi; V. V. Dokuchayev nomli Rossiya Tuproqshunoslar jamiyati markaziy kengashi a’zosi; Xalqaro Tuproqshunoslar jamiyati a’zosi; Xalqaro Ekologiya akademiyasining haqiqiy a’zosi (akademigi)
  2004 yildan Lazizaxon G‘afurova O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnika taraqqiyoti Koordinatsion Kengashi, 2006 yildan Fan va Texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish Qo‘mitasi a’zosi.
  G‘afurova Lazizaxon Akramovna O‘zbekiston Respublikasi Xotin - qizlar qo‘mitasining boshqaruvi a’zosi, Toshkent viloyati olima ayollarining “Olima” uyushmasining raisi vazifasida faoliyat yuritgan.
  1999 yildan hozirga qadar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha Vakili huzuridagi Insonning huquk va erkinliklariga rioya etish komissiyasi a’zosi, Toshkent viloyati bo‘yicha Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning mintaqaviy vakili.
  Ko‘p yillik samarali mehnati, fan, ta’lim sohalarini rivojlantirishga qo‘shgan munosib hissasi, hamda jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun Lazizaxon G‘afurova “O‘zbekiston Respublikasida Xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoniga sazovor bo‘lgan.
  Olima Laziza G‘afurovaga 1998 yil “Ilm - fan sohasidagi faoliyat ko‘rsatgan ayollar” yo‘nalishi bo‘yicha – “Eng faol ayol” respublika ko‘rik tanlovi yakuni bo‘yicha 1 - o‘rin, 1999 yil “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni, universitetning “Eng yaxshi kafedra mudiri” (2001 y.), “Eng yaxshi professori” (2003 y.) tanlovlari g‘olibidir. 2008 yildan Xalqaro Ekologiya, inson va tabiat xavsizligi Fanlar Akademiyasining akademigi, 2011 yil “Eng yaxshi prorektor”, “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 20 yilligi” munosabati bilan - ko‘krak nishoni taqdim etilgan.
  Xalqaro qishloq xo‘jaligi fondlari IKARDA, SIMMIT, SIP, FAO, YuNYeSKO, IPIGRI, Xalqaro sabzavotchilik markazi, shuningdek PROON, GEF, TYeMPUS va boshqa loyihalarda ishtirok etadi.
  G‘afurova Lazizaxon Akramovna massuliyatli, o‘z kasbini sevadigan, tashabbuskor, mehnatsevar, kamtarin, o‘ziga va boshqalarga talabchan rahbar, pedagog va olimadir.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar80



Filologiya5