Filologiya fanlari nomzodi
1986 yil 15 fevralda Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida tug‘ilgan. 2002 yili “Istiqbol” gimnaziyasini bitirib, Farg‘ona davlat universitetining ingliz tili yo‘nalishiga o‘qishga qabul qilindi. 2005 yilda Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi sohibi bo‘ldi va 2006 yilda Namangan davlat universitetining lingvistika yo‘nalishi bo‘yicha magistraturaga imtiyozli qabul qilindi.
D.Ganiyeva 2008 yilda magistraturani bitirib, yo‘llanma bilan Farg‘ona davlat universiteti ingliz tili kafedrasida o‘qituvchi lavozimida ish faoliyatini boshladi. 2009 - 2012 yillarda FarDU tilshunoslik kafedrasi aspiranturasida tahsil oldi.
2012 yil 30 mart kuni O‘zR FA va adabiyot instituti qoshidagi ilmiy Kengashda “O‘zbek tilidagi fe’lning funktsional shakllarida sinkretiklik va polifunktsionallik” mavzusidagi nomzodlik ishini himoya qildi.
2013 yil fevral oyidan FarDU ingliz tili kafedrasi katta o‘qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda.
D.Ganiyeva Farg‘ona viloyatining barcha oliy o‘quv yurtlari ingliz tili o‘qituvchilari uchun tashkil etilgan chet tilini o‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar bo‘yicha malaka oshirish kurslarida samarali faoliyat olib bordi. 2013 yil 29 oktyabr - 20 noyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iste’dod” jamg‘armasi homiyligida Buyuk Britaniyaning Norvich Til o‘qitish institutida o‘z malakasini oshirib qaytdi.