O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

G‘aniyeva Ma’rifat Habibovna

    O‘zbekiston Milliy universiteti “Sotsiologiya” kafedrasi professori, sotsiologiya fanlari doktori Ma’rifat G‘aniyevaning mustaqillik yillaridagi faoliyati shu yillarda tashkil etilgan “Sotsiologiya” fanining ilmiy poydevoriga hissa qo‘shishdan boshlandi. Jonkuyar olima shu kungacha ushbu sohaning taraqqiyoti yo‘lida faoliyat yuritmoqda. U 1995 yildan universitetda “Sotsiologiya” kafedrasi dotsenti, kafedra mudiri va 2011 yildan professor lavozimida ishlab kelmoqda. 2009 yilda “Obshestvennoe mnenie kak faktor razvitiya mejnatsionalniyx otnosheniy” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi.
    Professor Ma’rifat G‘aniyeva mamlakatimizda yetuk ilmiy kadrlarni tayyorlashga o‘zining munosib ulushini qo‘shib kelmoqda. Uning rahbarligida 4 ta fan nomzodi tayyorlandi. Bugungi kunda uning ilmiy rahbarligi ostida 5 ta doktorlik dissertatsiyasi ustida tadqiqotchilar ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar.
    Uzbekiston Respubliqasida “Sotsiologiya” va “Ijtimoiy ish” fanlarining nazariy va amaliy rivoji, sohaning ijtimoiy - ma’naviy hayotdagi o‘rnini yuksaltirish, targ‘ib qilishga o‘zining hissasini qo‘shib kelayotgan sotsiolog olima pedagogik yo‘nalishda ham samarali ishlarni olib bormoqda. “Sotsiologiya” bakalavriyat yo‘nalishi talabalari uchun “Sotsiologiya”, “Madaniyat sotsiologiyasi”, “Ijtimoiy ish” bakalavriat yo‘nalishi talabalariga “Mutaxassislikka kirish”, “Ijtimoiy ish tarixi”, “Ijtimoiy ishning huquqiy asoslari”, magistratura bo‘limida “Sotsiologiya” va “Ijtimoiy tizim va jarayonlarning axborot va psixologik xavfsizligi” mutaxassisligi bo‘yicha “Etnosotsiologiya” fanidan ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar olib bormoqda. “Sotsiologiya” va “Ijtimoiy ish” yo‘nalishida fanlar bo‘yicha namunaviy dastur va ular asosida ishchi dasturlar yaratdi. Tayyorlangan dasturlar asosida o‘quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratishda yosh mutaxassislarga beg‘araz yordam berib, ularning katta qismiga rahbarlik qildi. Bugungi kunda O`zbekiston Milliy universitetida professor Ma’rifat G‘aniyevaning “Ijtimoiy jarayonlar va munosabatlarni tadqiq etish, ijtimoiy ishni rivojlantirish” ilmiy maktabi yaratildi.
    2008 yilda Abdulla Qodiriy nomidagi TDMI qoshidagi qayta tayyorlash kursida tajriba oshirdi va unga ijtimoiy ish xodimi sifatida faoliyat yuritish huquqi berildi.
    Professor G‘aniyeva Ma’rifat Habibovna mamlakatimiz oliy ta’lim tizimida yangi bakalavr ta’lim yo‘nalishi – “Ijtimoiy ish” sohasini shakllantirish va rivojlantirishga katta hissa qo‘shdi va barcha me’yoriy hujjatlar - Davlat ta’lim standarti, namunaviy o‘quv rejalari va dasturlarini ishlab chiqishga mas’ul bo‘ldi. Hozirda bu soha bo‘yicha mutaxassislari UzMU, FarDU va SamDUda tayyorlanmoqda.
    Olima Respublika Bolalar Ijtimoiy Moslashuv Markazi innovatsion ilmiy tadqiqot loyihalarining ishtirokchisi.
    Respublika "Ijtimoiy fikr" jamoatchilik fikrini o‘rganish Markazida tahlil guruhining rahbari va ushbu Markazning muhim ilmiy tadqiqot loyihasining ishtirokchilaridan biri. Respublika xotin - qizlar “Olima” uyushmasi boshqaruvining a’zosi.
    Ma’rifat Habibovna pedagogik va ilmiy faoliyati davomida, kafedrani boshqarishda jamoaning ilmiy salohiyatini ko‘tarishda; yoshlarning ilmiy yo‘nalishini tanlashda; iqtidorli talabalarni maqsadli faoliyatga yo‘naltirishda va sotsiologiyaning asosiy masalalari bilan shug‘ullanishga qiziqish uyg‘otishda; talabalarning ma’naviy kamoloti, bilim, tajriba va ko‘niqmalarini shakllantirishda o‘z mahorati va bilimini namoyon qilib kelmoqda.
    O`zining sermahsul faoliyati uchun “Oliy ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan. O‘zR Oliy va o‘rta - maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Milliy Universiteti, Respublika xotin - qizlar “Olima” uyushmasining faxriy yorliqlariga ega bo‘lgan, shuningdek, 2008 yil “Eng yaxshi magistrlik dissertatsiyasi” ilmiy rahbari respublika tanlovi nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi. U ko‘plab xalqaro va respublika konferentsiyalarida ishtirok etgan.
    Ma’rifat G‘aniyeva jami 130 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi, jumladan, 10 dan ortiq kitob, o‘kuv qo‘llanmalari, ilmiy jurnal va to‘plamlarda ko‘plab maqolalari nashr etilgan. Jumladan: “Metodiy  provedeniya uchebnыx zanyatiy v aktivnoy forme”. Sostoyanie sotsiologicheskoy nauki v Uzbekistane “Obshestvo i semya” sotsialniye orientatsii i ustanovki / Materialiy Mejdunarodnoy nauchno - prakticheskoy konferentsii “Budushee tsivilizatsii: filosofskiy vzglyad”, “Sistema sotsialnoy zashitm detey v Uzbekistane/ Neyronauki i blagopochie obvdestva: texnologicheskie, ekonomicheskie gumanitarniye  aspektiy. (hammualliflikda). “O‘tish davri va milliy davlatchilik asoslarini shakl - lantirirish davrida jamoatchilik fikrini o‘rganish tizimining rivojlanishi” kabi ko‘plab ilmiy ishlari natijasi, tadqiqotlari xulosasiga tayangan kitob va risolalarni sanab o‘tish mumkin.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar80



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar5



Filologiya5