Tarix fanlari doktori, professor
1937 yilda Farg‘ona shahrida tug‘ilgan. Otasi S.Gubayev 1935-1960 yillarda Farg‘ona pedagogika institutida o‘qituvchilik qilgan. Stella 1955 yilda maktabni bitirib, shu yili Farg‘ona davlat pedagogika institutining rus tili va adabiyoti fakultetiga o‘qishga kirgan.1961 yilda o‘qishni tamomlab, Marg‘ilon shahridagi 19 - maktabda rus tili o‘qituvchisi sifatida o‘zining pedagogik faoliyatini boshlagan. 1962 yilda Andijon pedagogika institutida , 1965 - 1970 yillarda Farg‘ona pedagogika institutida o‘qituvchi lavozimlarida ishlagan.1970 yili aspiranturaga o‘qishga kirgan. 1974 yili filologiya fanlari nomzodligi dissertatsiyasini himoya qildi. 1977 yildi esa dotsent ilmiy unvonini olgan.
1985 yildan jahon tarixi kafedrasi dotsenti, 1991 yildan esa O‘rta Osiyo xalqlari tarixi kafedrasi dotsenti lavozimlarida ishlagan. 1992 yili tarix fanlari doktori ilmiy darajasini olgan.
S.Guvaeva 50 dan ortiq ilmiy maqola va 2 ta monografiya muallifidir.