Guljaxon Ahmedova Samarqand Davlat universiteti “Yadro fizikasi” kafedrasida dotsent bo‘lib ishlaydi.
Olima 1939 yilda Samarqand shaxrida xizmatchi oilasida tavallud topgan. 1956 yilda shaxardagi 10-maktabni tugatib, Samarkand Davlat universitetining fizika-matematika fakultetiga o‘qishga kirdi. 1961 yil uni muvaffakiyatli yakunladi. Guljaxon Axmedovaning ilmga tashnaligi, xarakatchanligi o‘z xosilini bera boshladi. Uni «Umumiy fizika» kafedrasida assistent lavozimiga ishga qoldirishdi.
Yosh olima 1961 yil sentyabr oyidan oliygoxda professor Muso Mo‘minov raxbarligida ilmiy-pedagogik faoliyatini boshladi. U «Atrof-muhit namunalari radiaktivligini tekshirish» mavzusida ilmiy izlanishlar olib bordi. 1975—1979 yillarda ishlab chiqarishdan ajralmagan holda sirtqi aspiranturada taxsil oldi.
Guljaxon Axmedova bu yillar davomida umumiy fizikaning mexanika, molekulyar fizika, elektr, atom va yadro fizikasi bo‘limlarida hamda «Radioaktivlikni o‘lchash natijalarini qayta ishlash», «Modda element tarkibi taxlilining yadro-fizik usullari», «Yadrofaol nuklidlar va ularning qo‘llanishi», «Yadroviy nurlanishlarni qayd qilish usullari» maxsus fanlari bo‘yicha fizika fakulteti talabalariga ma’ruza, amaliy mashg‘ulot, laboratoriya darslarini yuqori ilmiy-pedagogik saviyada o‘tib keldi, muntazam ravishda kurs va bitiruv ishlariga, iqtidorli talabalar, magistrlar, aspirantlarga ilmiy raxbarlik qildi.
Guljaxon Ahmedova ilmiy izlanishlarining yakuni sifatida 1981 yilda O‘zFA Yadro fizikasi instituti ilmiy kengashida «Atrof-muxit namunalari radoaktivligini yarim o‘tkazgichli gamma siektrametrik usul yordamida tekshirish » mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qil di. 1982 yildan boshlab yadro fizikasi kafedrasi dotsenti lavozimida ishlay boshladi. Guljahon Ahmedova respublikamiz, MDH davlatlari (Qozog‘iston, Rossiya va boshqalar), rivojlangan xorijiy davlatlar (AQSh (Boston, Florida, Yangi Orlean), Meksika (Mexiko) va Germaniya) markaziy shaharlari ilmgohlarida o‘tkazilayotgan Xalqaro konferentsiyalarda, Respublika, universitet ilmiy anjumanlarida faol qatnashib, ma’ruzalar qilib kelmoqda. Olimaning ilmiy makolalari, konferentsiyalardagi materiallari, oliygohlar ilmiy to‘plamlari va ilmiy jurnallarda chop etilmoqda. Guljahon Ahmedova 100 dan ortik ilmiy maqolalar, 15 dan ortiq o‘quv qo‘llanmalar, uslubiy tavsiyalar muallifidir.
Olima jamoat ishlarida ham faol. Guljahon Ahmedova o‘z mehnati tufayli O‘zbekiston respublikasi Oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligining faxriy yorliqlari, qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlanib kelmoqda.
Olima 4 nafar farzandini voyaga yetkazib, elga qo‘shgan mexribon opa hamdir. Uni hamshaharlari bejizga «tolei baland ayol»deb atashmaydi-da!