O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

G‘ulomov Rahmatjon

G‘ulomov Rahmatjon    Rahmatjon G‘ulomov 1958 yilning 17 iyunida Namangan shahrida ishchi oilasida tug‘ildi. 1975 yilda shahardagi 13 - o‘rta maktabni a’lo baholar bilan tugatib, Toshkent davlat universitetining (hozirgi O‘zMU) fizika fakultetiga o‘qishga kirgan. 1980 yilda o‘qishni bitirib, yo‘llanma bilan Toshkent politexnika institutining Namangan filialiga (hozirgi NamMPI) assistent lavozimiga ishga qabul qilingan. 1983 — 1985 yillarda Leningrad (hozirgi Sankt - Peterburg) shahridagi akademik A. F. Ioffe nomli fizika - texnika institutining “Optoelektronika” laboratoriyasiga stajyor - tadqiqotchi sifatida ishga yuborildi.
  1985 — 1988 yillarda shu institutning aspiranturasida tahsil oldi. Nobel mukofoti sovrindori akademik J. I. Alferov laboratoriyasida professor V. I. Korolkov rahbarligida R-getero o‘tishlarda ballistik va kvazibalistik taransportlarni elektroly uminestsentsiya yordamida aniqlash bo‘yicha ilmiy ishlar olib borib, 1988 yil noyabr oyida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi va fizika - matematika fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega bo‘ldi.
  1988 yildan boshlab katta o‘qituvchi, institut tayyorlov bo‘limi dekani, 1991 yildan esa filial negizida tashkil qilingan Sanoat - texnologiya institutining fizika kafedrasida dotsent lavozimida ishladi.
  1999 yildan Namangan muhandislik - pedagogika institutida doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi qabul komissiyasi rahbari lavozimida ish olib bordi.
  2003 yildan esa yangi tashkil etilgan energetika fakulteti dekani lavozimida ishlamoqda. R. G‘ulomov NamMPIda ilmiy - tadqiqot ishlarini rivojlantirish, ilmiy - pedagogik kadrlar tayyorlash, iqtidorli talaba - yoshlar bilan ishlash, byudjetdan tashqari mablag‘ topish sohalarida ham o‘z hissasini qo‘shmoqda. Jumladan, 2003 yildan u respublika Fan va texnologiyalar markazining “Yarim o‘tkazgichlarda elektr yurituvchi kuchlar paydo bo‘lishining yangi mexanizmlari” mavzusi bo‘yicha davlat granti ijrochilari safida faoliyat ko‘rsatmoqda.
  Hozirda 1pSaA81pR - getero o‘tishlarda kuzatilayotgan yorug‘liklarning qutblanish darajasini o‘rganish bo‘yicha ilmiy ishlar olib bormoqda.
  Dotsent R. G‘ulomov 30 dan ortiq ilmiy, o‘quv - uslubiy va amaliy ishlar muallifidir.
  Ballistik va kvazibalistik taransportlarni elektro lyuminestsentsiya yordamida aniqlash bo‘yicha ilmiy ishlar olib borib, 1988 yil noyabr oyida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi va fizika - matematika fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega bo‘ldi.
  1988 yildan boshlab katta o‘qituvchi, institut tayyorlov bo‘limi dekani, 1991 yildan esa filial negizida tashkil qilingan Sanoat - texnologiya institutining fizika kafedrasida dotsent lavozimida ishladi.
  1999 yildan Namangan muhandislik - pedagogika institutida doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi qabul komissiyasi rahbari lavozimida ish olib bordi.
  2003 yildan esa yangi tashkil etilgan energetika fakulteti dekani lavozimida ishlamoqda. R. G‘ulomov NamMPIda ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish, ilmiy - pedagogik kadrlar tayyorlash, iqtidorli talaba - yoshlar bilan ishlash, byudjetdan tashqari mablag‘ topish sohalarida ham o‘z hissasini qo‘shmoqda. Jumladan, 2003 yildan u respublika Fan va texnologiyalar markazining “Yarim o‘tkazgichlarda elektr yurituvchi kuchlar paydo bo‘lishining yangi mexanizmlari” mavzusi bo‘yicha davlat granti ijrochilari safida faoliyat ko‘rsatmoqda.
  Hozirda 1pSaA81pR-getero o‘tishlarda kuzatilayotgan yorug‘liklarning qutblanish darajasini o‘rganish bo‘yicha ilmiy ishlar olib bormoqda.
  Dotsent R. G‘ulomov 30 dan ortiq ilmiy, o‘quv - uslubiy va amaliy ishlar muallifidir.  



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar10



Ijtimoiy-gumanitar fanlar5



Tabiiy fanlar80



Filologiya5