Ayol... U sira tinim bilmaydi, hamisha har narsaga ulgurishga, barini chiroyli, orasta bajarishga harakat qiladi. Ishdan, uy yumushlaridan tolgan paytlarida ham chehrasidan tabassum arimaydi. Chunki uning mehnatlari qadr topayotganidan mamnun, farzandlari o‘zi orzu qilgandek komil inson bo‘lib voyaga yetayotganidan boshi osmonda. Ayol uchun bular baxtning timsollaridir... Toshkent davlat texniqa universiteti “Materiallar qarshiligi va mexanika” kafedrasi dotsenti Habibullayeva Xujasta Nadjibullayevna ham o‘z ilmi, intilishi, qobiliyati, pedagogik tajribasi va, albatta, go‘zal xislatalari bilan institut jamoasi, talabalar hurmatiga allaqachon sazovor bo‘lgan ustoz, olima.
“Mening birinchi ustozim, birinchi maslahatchim, matematikaga bo‘lgan qiziqishimni anglab, shu kasbga yo‘naltirgan inson - otam bo‘ladilar. Otam san’at arbobi, bolalar yozuvchisi Nadjibulla Xabibullaevichning bolalar uchun yozgan asarlari “Yosh tomoshabinlar” teatrida hozirgacha qo‘yilayotganidan xursandman”, - deydi o‘z otasidan faxr tuyg‘usi bilan Xabibullaeva Xujasta. Otasi Nadjibulla aka va onasi Mavjudaxon ayalar birgaliqda olti farzandni komil inson qilib tarbiyaladilar. Insonning qalbida ezgulik urug‘i bolalikdan, ota - ona mehri, ibrati bilan bo‘y cho‘zadi deydilar, balki uning ham ezgu xislatlari zamini tarbiya topgani oilasi bag‘rida shakllangandir..
Maktabni a’lo baholarga tugatan Xujasta Xabibullayeva ToshDU (Hozirgi O‘zMU)ning mexanika - matematika fakultetiga o‘qishga kiradi va universitetni ham imtiyozli tugatib, Toshkent Politexnika instituti (Hozirgi TDTU)ning “Nazariy mexanika” kafedrasiga yosh mutaxassis yo‘llanmasi bilan ishga keladi. Assistent, katta o‘qituvchi, dotsent, kafedra mudiri lavozimlarida ishladi. Pedagogik faoliyati davomida 7 ta o‘quv qo‘llanma, 20 ta uslubiy qo‘rsatma, 60 dan ortiq ilmiy-uslubiy maqolalar chop etdi. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining grifi bo‘yicha chop etilgan “Nazariy mexanika” o‘quv foydalanmoqdalar. Iqtidorli talabalar bilan birgalikda tayyorlagan ilmiy maqolalari “Texnika yulduzlari”, ilmiy-uslubiy maqolalari Respublika jurnallarida chop etilgan. Ilmiy - metodik ishlari qadrlanib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi (Hozirgi TDTU) huzuridagi Oliy Attestatsiya Komissiyasi qaroriga asosan dotsent ilmiy unvoniga sazovor bo‘ldi.
Dotsent Xujasta Habibullaeva 49 yillik pedagogik faoliyati davrida universitet miqyosida o‘tkazilgan barcha jamoa ishlarida faol qatnashib keladi. Fakul’tet uslubiy kengash a’zosi, fakultet kasaba uyushma raisi, xotin - qizlar qo‘mitasi raisining o‘rinbosari, madaniyat universiteti rektori, fakultet xotin - qizlar uyushmasi raisi, fakultet ilmiy kengashi a’zosi vazifalarini sidqidildan bajardi. Hozirda ham barcha tadbirlarda faol, yosh pedagoglarga, talabalarga o‘zining mehnatsevarligi, ilmi, pedagogik qobiliyati, samimiyati bilan ibrat.
Dotsent Habibullaeva Xujasta Nadjibullaevna fidokorona mehnatlari uchun “Mustaqillikning 15 yilligi” ko‘krak nishoni, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining, ToshDTU rektorining, shahar ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasining 20 dan ortiq faxriy yorliklari bilan taqdirlangan. Xujasta opa baxtli ona va buvijon. Qizi Muxlisaxon Nurmuxamedova tibbiyot fanlari nomzodi, nabiralari Baxtiyor va Doniyorlar Ibn Sino, Beruniy stependiyalariga sazovor bo‘lganliklaridan juda mamnun. Zero, fazanddar qamoli, ularning yutuqlari, hayotda tutgan o‘rni, jamiyatda o‘z sohasining yetuk mutaxassisi bo‘lib, el-yurtga nafi tegishi albatta, ayol uchun eng katga mukofotdir.