O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Hakimov Abdulboqi Abdulahadovich

Hakimov Abdulboqi Abdulahadovich     1957 yil 25 oktyabrda Namangan viloyati Namangan tumanining Toshbuloq qishlog‘ida tavallud topgan. U 1964 — 1974 yillarda Namangan tumanidagi 23 - o‘rta maktabda tahsil olgan.
    A. A. Hakimov 1974 yili Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zMU) tarix fakultetining falsafa bo‘limiga o‘qishga kirib, 1979 yili mazkur fakultetni muvaffaqiyatli tamomlagan. Shu yili Oliy ta’lim vazirligi yo‘llanmasiga ko‘ra yosh mutaxassis sifatida Qo‘qon davlat pedagogika institutining falsafa kafedrasiga o‘qituvchi lavozimiga ishga yuborilgan.
    1982 yildan Toshkent politexnika instituti Namangan filialining (hozirgi NamMPI) ijtimoiy fanlar kafedrasida kabinet mudiri, assistant - o‘qituvchi va katta o‘qituvchi lavozimlarida mehnat faoliyatini davom ettirgan.
    1991 yil falsafa fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun “Jamiyat taraqqiyotini bilishda ijtimoiy normalarning o‘rni va ahamiyati” mavzyasidagi dissertatsiyani muvaffaqiyatli himoya qildi. Dissertatsiya mavzusi yuzasidan falsafa fanlari doktori, professor M. Abdullaev jamiyat hayotini o‘rganish va ijtimoiy boshqaruvda normalar o‘ta muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlab o‘tgan.
    A. A. Hakimov ilmiy - pedagogik faoliyati davrida 30 dan ortiq nomda ilmiy, ilmiy - uslubiy risola, maqola va ilmiy yordamchi manbalarni chop etishga erishdi. Uning ilmiy - uslubiy ishlarining natijalari ijtimoiy fanlardagi eng muhim muammolarni yechishga, ilg‘or pedagogik texnologiyalarni o‘quv jarayoniga tadbiq etishga va talabalar o‘rtasida milliy istiqlol g‘oyasining qaror topishiga ko‘maklashadi.
    Olim 2000 yildan boshlab O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqtsa. Shu bilan birga u viloyat, shahar miqyosida milliy istiqlol g‘oyasini targ‘ib etish borasida ma’naviy - ma’rifiy, ommaviy tadbirlarda faol ishtirok etib kelmoqtsa.
    Hozirgi paytda “Fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishda ijtimoiy normalarning roli” mavzusida doktorlik dissertatsiyasi ustida ish olib bormoqda.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar80



Tabiiy fanlar10



Filologiya5