O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Hakimov Anvar

Hakimov Anvar    Anvar Farmanovich Hakimov 1958 yili Samarqand viloyati  Nurota tumani Nurota shahrida  tug‘ilgan. U 1975 yil o‘rta  maktabni  tugatgach, Toshkent politexnika instituti muhandislik - qurilish fakultetiga o‘qishga kirdi.
    Institutni imtiyozli diplom bilan  tamomlab, 1980 yilda ToshPI ilmiy - tadqiqot bo‘limida ishlay boshladi. 1982 yildan Samarqand me’morchilik - qurilish instituti “Kurilish mexanikasi” kafedrasida assistent, ilmiy tadqiqotchi, 1985 yildan ToshPIda aspirant bo‘lib ilmiy ishlar bilan shug‘ullana boshladi.
    1988 yildan hozirga qadar ToshPIning Namangan filialida (hozirgi NamMPI) assistent, dotsent, kafedra mudiri, fakultet dekani, “Ichki nazorat va monitoring” bo‘limi boshligi vazifalarida ishlab kelmoqda.
    1990 yil A. Hakimovning vorilish yo‘nalishi talabalari uchun “Dinamika ustoychivost i soorujeniy” o‘quv qo‘llanmasi chop etilgan. “Qurilish mexanikasi” fanidan o‘quv qo‘llanmasi Oliy o‘quv yurtlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kengashda ijobiy bahola - nib, chop etishga tavsiya etilgan.
    A. Hakimovning ilmiy maqolalari xorijiy mamlakatlar va respublikamizning nufuzli jurnallarida chop etilgan. Ilmiy - tadqiqot natijalari bilan xalqaro, respublika miqyosidagi anjumanlarda ishtirok etgan.
    A. Hakimov 40 dan ortiq ilmiy va o‘quv - uslubiy ishlar muallifidir.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar80



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar5



Filologiya5