O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Hakimov Yanvar Isxakovich

Hakimov Yanvar IsxakovichBiologiya fanlari nomzodi, dotsent

    1943 yil 3 yanvarda Andijon viloyatining Shahrixon  shahrida tug‘ilgan. 1962 yilda o‘rta  maktabni tamomlab, Farg‘ona  davlat pedagogika institutining biologiya  va qishloq  xo‘jaligi asoslari  bo‘limiga  o‘qishga kirgan. 1964 - 1967 yillarda armiya xizmatida bo‘ldi.
    1969 - 1971 yillarda Shahrixon shahar 3 - maktab  o‘qituvchisi  sifatida pedagogik faoliyat  olib bordi. 1972 yildan O‘zbekiston Respublikasi  Fanlar akademiyasi  Mikrobiologiya institutida  ilmiy xodim, 1974 - 1979 yillarda  Sankt – Peterburg  universiteti  genetika va selektsiya  kafedrasida  shogird - izlanuvchi, aspirant sifatidailmiy  izlanishlar  olib bordi. 1979 yilda “Gerbitsid biuronning bir hujayrali  yashil  suv o‘ti – xlomidamonadaga genetik  ta’siri” mavzusida nomzodlik  dissertatsiyasini  himoya qilgan.
    1980 - 1988 yillar  davomida  Toshkent qishloq xo‘jalik instituti Farg‘ona filiali assistenti, dotsenti lavozimlarida  ishladi. 1988 - 2009 yillarda  Farg‘ona davlat universiteti  botanika  kafedrasi dotsenti lavozimlarida ishladi. 1988 - 2009 yillarda Farg‘ona davlat  universiteti  botanika kafedrasi  dotsenti, 2009 yildan 2015 yilga qadar  zoologiya kafedrasi dotsenti  sifatidailmiy - pedagogik faoliyat olib bordi.
    Ya.I.Hakimov 70 ga yaqin ilmiy va uslubiy  ishlar  muallifidir . Utalabalarga genetika fanidan sabq berish  bilan birga, yosh o‘qituvchi va   tadqiqotchilarni  pedagogik va ilmiy - uslubiy  tavsiyalari bilan muntazam  qo‘llab - quvvatlab keladi.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar80



Filologiya5