O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Hakimova Guljahon

     Hakimova G.J. 1958 yil 10 may kuni Namangan viloyati Kosonsoy shahrida tug‘ilgan. 1965 yilda  shahardagi 5-maktabning 1-sinfiga o‘kishga boradi. 1975 yilda maktabni muvaffakiyatli tamomlab, shu yili Andijon Davlat meditsina institutiga o‘kishga kiradi. 1982 yilda oliy o‘quv yurtini davolash ixtisosi bo‘yicha tamomlaydi. 1982—1983 yillarda Namangan viloyati ko‘p soxali shifoxonasida jarroxlik mutaxassisligi bo‘yicha bir yil davomida faoliyat yuritdi . 1983 yilda Namangan viloyati onkologiya dispanserida onkokjarrox vazifasida ish boshlaydi. 1985 yilda uni shu dispanserning poliklinika bo‘limi mudiri etib tayinlashadi. 1994 yilda Guljaxon Jalilovna onkoginekolog vazifasida faoliyatini davom ettiradi. 1998 yildan hozirga qadar viloyat onkologiya dispanserida Bosh vrach lavozimida ishlab kelmokda. Bu orada Guljahon Jalilovna ilmiy ish ustida ham ish olib borib, 2002 yilda tibbiyot fanlari nomzodi darajasini himoya qildi. Bor kuch-g‘ayratini inson salomatligini tiklashdek sharafli ishga qaratdi.
    Yillar unga sinovlarini tortiq qilaverdi. U bari-baridan muvaffaqiyat bilan, matonat bilan o‘tdi. Baxtining kamoli - go‘zal oilasi. Olijanob turmush o‘rtog‘i, gulday qizlari bo‘ldi. Ular Guljaxonning suyangan tog‘i. Ko‘ngli esa - odamlar dardi bilan yonadi. Qani edi shunday kun kelsa-yu, kasbi yo‘nalishidagi bemorlar uchun «shifo topildi» deya dunyo uzra jar solinsa. Shunday kun keladi. Guljaxon Jalilovna bunga ishonadi.
 



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar5



Tabiiy fanlar85



Filologiya5