Qaxramonimiz –pedagogika fanlari doktori, professor Hakimova Muhabbatxon Toshkent davlat Iqtisodiyot Universiteti ahborot texnologiyalari va statistika fakulteti “Iqtisodiy pedagogika” kafedrasi mudiri lavozimida xizmat qiladi.U 1962-yil 4-yanvarda Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida xizmatchi oilasida tavallud topgan. Otasi Fayzi aka ko‘p yillar kolxoz raisi bo‘lib ezgu amallari bilan odamlar qalbida yorqin iz qoldirgan.Onasi Salomatxon aya bolalarining duoi jonini qilib 74 yoshni qarshilayapti. Farzandlari Maxfiratxon ,Xushvaqtjon, Zeboxon,Gulshodaxon,Dilmurodjon va Muhabbatxonning kamolini ko‘rib mehnatlarizoe ketmaganiga shukrona keltiradi....Muhabbatxon maktabni alo baholarga tugatib bolaligidagi orzusi –“ olima bo‘lish” niyatida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining defektologiya fakultetida oligofrenopedagogika ixtisosligi bo‘yicha tahsil oldi.So‘ng Toshkent viloyati Qibray va Quyi Chirchiq tumanlaridagi umumiy o‘rta talim maktablarida boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi sifatida pedagogik faoliyatini boshladi. 1992-1996 yillarda Navoiy davlat pedogogika instituti psixologiya kafedrasida o‘qituvchi, 1906 -yildan katta o‘qituvchi, 2000 -yillardan pedogogika kafedrasida dotsent vazifalarida ishladi. Albatta,bu yillar Muhabbatxon uchun tinimsizilmiy izlanishlar,tahlil,hulosa va o‘z-o‘zini kashf qilish davri bo‘ldi.Shuningdek , u Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogika kafedrasida ilmiy tadqiqotchilik faoliyatini ham olib bordi. 1997- yil 28 fevralda T.N. Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedogogika fanlari ilmiy tadqiqotinstiuti huzuridagi ixtisoslashgan kengashda professor K. Hoshimov va professor V.S. Rahmanova rahbarligida “Yordamchi maktab va maktab internetlarda talim-tarbiya ilarining pedogogik asoslari” mavzuida “Pedogogika nazariyasi” ixtisosligi bo‘yicha dissertatsich himoya qildi va pedogogika fanlari nomzodi ilmiy darajasini olishga muvaffaq bo‘ldi.O‘z ilmiy tadqiqot ishida talim o‘zbek tilida olib boriladigan yordamchi maktab va maktab-internetlarda tarbiyachilar tomonidan olib boriladigan talim-tarbiya ishlarining pedogogiktizimini ishlab chiqish va amaliyotgatatbiq etish masalalarini ilgari surdi. Intiluvchan olima 2001 -yili Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedogogika universitetidoktoranturasiga qabul qilindi va “Maxsus yordamga muxtoj o‘quvchilarni kasb-hunarga tayyorlashning pedagogik asoslari” mavzuidagi doktorlik disertatsiyasini ustida ilmiy tadqiqot ishlarini boshlab yubordi. Uning sidqidildan qilgan mehnatlari samarasiquvonchli bo‘ldi-2010- yil 8 iyulda doktorlik dissertayiyasinimuvaffaqiyatli yoqladi.Ushbu ilmiy tadqiqotning xulosa va tavsiyalari “Maxsus yordamga muhtoj o‘quvchilarni kasb-hunarga tayyorlash” nomli monografiyasida o‘z aksini topdi.Muhabbatxon Hakimova bolalikdagi orzusiga yetishdi-respublikada oligofrenopedagogika ixtisosligi bo‘yicha birinchi pedagogika fnlari doktori ilmiy darajasini olgan pedagog olima bo‘ldi!Bugun Muhabbatxon Fayziyevna toshkent davlat iqtisodiyot universiteti axborot texnologiyalari a statistika fakulteti “ Iqtisodiy pedagogika “ kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat olib borarkan, oliy malakali mutaxassis kadrlar tayyorlashga munosib hissa qo‘shib kelyapti. 2012- o‘quv yilidan boshlab esa shijoatli professor-olima Muhabbatxon Hakimova kafedraning professor – o‘qituvchilari bilan birgalikda fundamental va amaliy loyihalarda ishtirok etayapti.Muhabbatxon Fayzievna talim-tarbiya muammolariga bag‘ishlangan monografiya,darsliklar,o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar , 100dan ortiq risola, ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalar muallifidir. 2006 -2013 o‘quv yillarida bir qancha o‘quv-uslubiy majmualar,talim texnologiyalari, keys va liyixalash texnologiyalarini ishlab chiqdi. Bir nechta metodik tavsiyanomalari nashrdan chiqqan. Muhabbatxon Hakimova fidokorona xizmatlari uchun “ Xalq talimi alochisi” nishoni va “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 10 yilligi” ko‘krak nishonai bilan taqdirlangan. Hakimova Muhabbatxon turmush o‘rtog‘i Hamid aka (“Granit” aktsiyadorlig jamiyatida masul xodim, qishloq xo‘jalik fanlari nomzodi) bilan farzandlari Hulkarxon (Iqtisodiyot universiteti magistriG‘,Uchqunbek (Toshkent shahar adliya boshqarmasi shartnomaviy huquq bo‘limi boshlig‘i ), kuyovi Kamoliddin (Toshkent davlat pedagogika instituti doktoranti), kelini Lolaxon (“ Sanoatqurilishbank” Al-Xorazmiy filiali mutaxassisi) va 4 nafar nabiralarining baxtu kamolidan mamnun umrguzoronlik qilmoqda.