Adhamjon Hamidov 1954 yil 24 mayda Namangan viloyati Namangan shahrida ziyoli oilasida tug‘ilgan.1961-1971 yillarda shahardagi 6 - o‘rta maktabda o‘qigan.
1971 yil faoliyatini Toshkent politexnika institutining yig‘ma temir - beton ishlab chiqarish kafedrasida izlanuvchi - tadqiqotchi sifatida boshladi.
1978 yilda Moskva beton va temir-beton ilmiy - tekshirish instituti aspiranturasining kunduzgi bo‘limiga o‘qishga kirib, 1982 yilda muvaffaqiyatli tugatdi va nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. Shu yildan ToshPIning Namangan filialida (hozirgi NamMPI) assistent lavozimida ish boshladi.
A. Hamidov 1984 yildan qurilish materiallarining texnologik konstruktsiyasi (hozirgi bino va sanoat inshootlari qurilishi) kafedrasi mudiri, 1985 yildan qurilish fakulteti dekani, 1991 yildan yangi tashkil etilgan Namangan sanoat - texnologiya institutining (hozirgi NamMPI) o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori, 1995 yildan sanoat va fuqaro qurilishi (BSIK) kafedrasi mudiri lavozimlarida ishladi.
1991 — 1995 yillarda Namangan shahar kengashi deputati va jamoatchilik asosida “Fan, madaniyat, ta’lim va sog‘liqni saqlash” doimiy komissiyasi raisi sifatida samarali faoliyat ko‘rsatdi.
A. Hamidov 1998 yildan To‘raqo‘rg‘on mexanika - iqtisodiyot kolleji direktori, 2000 yildan kollej oliy toifali o‘qituvchisi lavozimlarida ishladi.
2001 yildan bino va sanoat inshootlari qurilishi kafedrasi dotsenti va Namangan shahar qurilish va kommunal kasb - hunar kollejida shu kafedraning filiali mudiri lavozimida mehnat faoliyatini davom ettirmoqtsa.
Olimning 100 ga yaqin ilmiy - uslubiy ishlari chop etilgan. U 2 ta ixtiro muallifidir.
Hozirgi vaqtda “O‘zbekiston quruq - issiq iqlimida beton sifatini yaxshilash” va “Mahalliy xom - ashyolardan qurilish materiallari ishlab chiqarish” mavzulari bo‘yicha ilmiy - tadqiqot ishlari olib bormoqda.
A. Hamidov OO‘MTVning bir necha bor “Faxriy yorliq”lari bilan taqdirlangan.
kommunal kasb - hunar kollejida shu kafedraning filiali mudiri lavozimida mehnat faoliyatini davom ettirmoqtsa.
Olimning 100 ga yaqin ilmiy - uslubiy ishlari chop etilgan. U 2 ta ixtiro muallifidir.
Hozirgi vaqtda “O‘zbekiston quruq - issiq iqlimida beton sifatini yaxshilash” va “Mahalliy xomashyolardan qurilish materiallari ishlab chiqarish” mavzulari bo‘yicha ilmiy - tadqiqot ishlari olib bormoq- da.
A. Hamidov OO‘MTVning bir necha bor “Faxriy yorliq”lari bilan taqdirlangan.