O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Hamidova Gulchehra Mamadaliyevna

    Gulchehra osmon to‘la yulduzlarga qarab to‘ymasdi. Yulduzlar ham jimir - jimir qilib unga nimalarnidir hikoya qilishar, nelarningdir sirini ochishardi. Qiz ham o‘z navbatida ularni go‘yo savollarga tutardi:
    — Ayting - chi, yulduzlar, baxt o‘zi nima?
    —    Baxt... bu — niyatga yetmoq.
    —    Ayting - chi, yulduzlar, men uni nelardan topaman?
    —    Mehnatdan, mexnat...dan...
    U yulduzlar bilan suxbat qurganda ancha yosh edi, lekin nelargadir intiluvchan, orzular parvozida sayr etuvchan qiz edi. Buni o‘qituvchilari ham, uydagilari ham sezishardi. Shu bois uni doim rag‘batlantirishar, qo‘nglini qo‘tarishardi. Farg‘ona Davlat Pedagogiqa institutining tarix fakultetini (1960 yil) tamomlaganda - ku, ustozlari uning haqiqiy muallim bo‘lishiga, bora - bora fan cho‘qqilari sari borishiga ishondilar. Shu bois uni o‘z bag‘irlarida olib qoldilar. Faqat 1970 yildagina Gulchehra Hamidova ish joyini o‘zgartirdi. Farg‘ona Politexnika institutiga o‘tdi. 1973 yilda O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Falsafa va huquq institutida nomzodlik dissertatsiyasini, 1984 yilda esa, doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi.
    Gulchehra Hamidova 1976 yildan 1986 yilgacha Politexnika institutining Aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish texnologiyasi fakulteti dekani, falsafa kafedrasi mudiri, 1989 yildan 1996 yilgacha kechki - sirtqi bo‘lim prorektori, ijtimoiy fanlar kafedrasining mudiri lavozimida ishlab keldi. Hozirda ham u shu institutda o‘z faoliyatini davom ettirmoqda. Professor Gulchehra Mamadalievna “Oila va nikoh dialektikasi”, “Oilada axloqiy tarbiya”, “Huquqiy psixologiya, oila huquqi”, “Ayol, oila va jamiyat” qabi monografiya va risolalar, ikki yuzdan ziyod maqolalar muallifidir.
    Pedagog olimaning asosiy ilmiy - tadqiqot ishlari yo‘nalishini jahon miqyosida yuz berayotgan jarayonlar natijasida hozirgi vaqtda dolzarb hisoblangan muammolarga qaratilgan. Bu — axloqiy muhitning sofligini ta’minlash, ya’ni etikologik muammo, ayollar ekologiyasi masalasi va oilada tender munosabatlarini o‘rganish bilan bog‘liq bo‘lgan muammolardir.
    Gulchehra Hamidova institutning ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi qoshida jamoatchilik asosida tashkil etilgan yoshlar tarbiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarni o‘rganish hamda tahlil qilish ilmiy - tadqiqot markazining rahbaridir. Bu mas’ul ishda ham sharq pedagogikasi va milliy qadriyatlarimiz asosida yoshlarni yangi tipdagi vatanparvarlik, milliy istiqlol g‘oyasiga sadoqat ruhida tarbiyalash masalalarini o‘rganmoqda, uni tahlil qilish bilan shug‘ullanmoqda.
    Ko‘p yillardan beri opa institut xotin - qizlar qo‘mitasi raisidir. Yoshlar qalbiga yo‘l topish, fanning nozik sirlaridan voqif bo‘lish va ularni targ‘ib qilish Gulchexra Mamadaliyevnaning asosiy maqsadidir. Ehtimol, u hamon osmon to‘la yulduzlarga boqar. Ehtimol, u hamon yulduzlar bilan gaplashar, savol - javob qilar. Endi buni uning o‘zi biladi.    



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar80



Tabiiy fanlar10



Filologiya5