O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Hamidova Marfua Azizovna

    Marfua Azizovna bilan tanishib olsangiz, zarar qilmaydi. Chunki bunday nozik ta’b, san’atimizning eng nozik qirralaridan biri opera va qo‘shiqchilik san’atini yaxshi tushungan ayollarimiz sanoqlidir. Hamidova Marfua Azizovna san’atshunoslik doktori, M.Uyg‘ur nomidagi Toshkent Davlat San’at instituti san’atshunoslik kafedrasi professori, qolaversa O‘zbekiston Davlat Konservatoriyasining opera - akademik qo‘shiqchilik va opera tayyorgarlik kafedrasi professori.
    Marfua Azizovna 1947 yilning 13 dekabrida Toshkent shahrida tug‘ilgan. Shahardagi mashhur 65 - maqtabni 1966 yilda imtiyozli tamomlagan. 1971 yilda esa Toshkent Davlat Konservatoriyasining vokal fakultetini tamomlab, opera, kontsert qo‘shiqchisi, yakkaxon qo‘shiq o‘qituvchisi mutaxassisligini egalladi. Bu orada u 1967 — 1972 yillarda Toshkent Davlat Chet tillar institutida o‘qib, frantsuz tilini o‘rgandi. Marfua Azizovna 1973 yilda San’atshunoslik ilmiy - tadqiqot instituti aspiranturasiga o‘qishga kirdi. Shu vaqtlar ichida GITIS (Moskva)da teatrshunoslikdan ham tahsil oldi. U 1977 yilda Sh.Rustavyeli nomli Tbilisi Teatr institutida nomzodlik, 1993 yilda esa Rossiya San’atshunoslik ITIda (Moskva) doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi.
    1976 — 2003 yillarda San’atshunoslik ilmiy - tadqiqot institutida kichik, katta yetakchi ilmiy xodim, 1993 yili — madaniyatshunoslik bo‘lim mudiri. Hozirgi kunda M.Uyg‘ur nomidagi Toshkent Davlat San’at instituti San’atshunoslik kafedrasi, O‘zbekiston Davlat konservatoriyasi opera xonandaligi kafedrasi professoridir.
    U yuzdan ortiq  ilmiy  maqolalar, besh monografiya   muallifidir.
    Marfua Hamidovna vokalistlarning Birinchi Respublika tanlovi (1969) sovrindori, shuningdek musiqachi - ijrochilar respublika tanlovi (1970) g‘olibidir. Bolalar va o‘smirlarni estetik ruxda tarbiyalash Halqaro 1H Kongressi qatnashchisi va sovrindoridir.
    Marfua Azizovna O‘zbekiston teatr arboblari uyushmasi a’zosi, shuningdek Ye8SA8 Markaziy Osiyoni o‘rganish Yevropa jamiyati a’zosi hamdir. U yuqori malakali san’atshunoslar va magistrlarni voyaga yetkazgan ustoz hamdir.  
 



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar80



Tabiiy fanlar10



Filologiya5