O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Hamidova Xurshida Hakimovna

Hamidova Xurshida Hakimovna    Hamidova Xurshida Hakimovna 1947 yil Toshkent shaxrida tug‘ilgan. Xurshidaxon 1970 yilda ToshDUning fizika fakultetini tugatgach, o‘z faoliyatini O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining Elektronika institutida avval muhandis, keyinchalik kichik ilmiy xodimlikdan boshladi. 1976 yil Moskvaga malaka oshirishga boradi. Besh yil davomida elektron texnika soxasida yuqori malakali mutaxassislardan ilm o‘rganadi.
  X. Hamidova 1988 yilda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilib, fizika - matematika fanlari nomzodi ilmiy unvonini oladi. Toshkentga qaytgach, o‘z faoliyatini elektronika institutida kichik ilmiy xodim bo‘lib davom ettirdi.
  Xurshidaxon 1989 yildan to hozirgacha Toshkent Axborot texnologiyalari universitetining fizika kafedrasi dotsenti lavozimida ishlab kelmoqda. Shu davrlar mobaynida o‘quv yuklamasi bilan bir qatorda kafedra yo‘nalishi bo‘yicha ilmiy - tadqiqot hamda ilmiy - uslubiy faoliyat yurityapti. Olib borilgan ishlar natijasi yil yakuni hisobotlarida, Universitet ilmiy konferentsiyalarining to‘plamlarida berilgan. Shuningdek ilmiy - uslubiy izlanishlar mahsuli — “Yakuniy testlash uchun”, “Amaliy mashg‘ulotlar praktikumi”, “Laboratoriya ishlari” va umumiy fizika kursi uchun Dastur ishlab chiqildi. “Masofadan o‘qitish” muammolariga bag‘ishlangan maqola e’lon qilindi va u aspirantura bo‘limi boshlig‘i lavozimidagi faoliyatining munosib yakuni bo‘ldi.
  Xurshida Hamidova aspirantura bo‘limida ishlagan davrida “Teshriz” programmasi bo‘yicha aspirantlar tayyorlashda faol ishtirok etadi. Studentlar ilmiy jamoatchilik yo‘nalishi bo‘yicha bir necha bor talabalar ilmiy ishlariga rahbarlik qilib, ularning ilmiy ma’ruzalarini studentlar konferentsiyalariga tayyorladi. Ustoz - olima doim o‘zi ustida ishlaydi. Eng so‘nggi ilmiy - texnologik yangiliklardan boxabar bo‘lishga intiladi. Hatto 1990 yillar boshida chet ellik talabalarga fizikadan ingliz tilida ma’ruza ham qildi.  



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar80



Filologiya5