O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Hamtamov Mirzoazam

Hamtamov MirzoazamTexnika fanlari nomzodi, dotsent

    1933 yilda  Rishton  qishlog‘ida  ziyolilar  oilasida  tug‘ilgan 1952 yili 2 - o‘rta  maktabni  tugatib, 1952 - 1957 yillarda  Toshkent  to‘qimachilik  va yengil  sanoat  institutida  tahsil olgan. Unga  mazkur  institutning  lub  tolalarini  dastlabki  ishlash  ixtisosi  bo‘yicha  injenertexnolog kvalifikatsiyasi  berilgan.
  Mehnat faoliyatini  1957 yilda unga  berilgan  yo‘llanma  asosida  qo‘shni   Tojikiston Respublikasidagi paxta tozalash zavodida injenerlik lavozimida boshlagan. 1959 yilda Tojikiston davlat texnika universitetiga assistent lavozimiga ishga qabul qilingan. 1966 - 1970 yillarda Moskva injenerlik - qurilish instituti professori M. F. Bromley rahbarligida ilmiy - tadqiqot ishlarini olib borgan va nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Unga 1970 yil 23 iyulda texnika fanlari nomzodi ilmiy darajasi, 1973 yil 2 noyabrda OAK tomonidan dotsent ilmiy unvoni berilgan.
  Uzoq yillar (1971 - 1992) davomida Tojikiston davlat texnika universitetida kafedra mudiri, fakultetdekani lavozimlarida ilmiy - pedagogik faoliyatini davom ettirgan. Bir necha bor xalqaro simpozium va konferentsiyalarda ishtirok etib, 100 dan ortiq ilmiy maqolalar chop ettirgan. Uning ilmiy ishlari mavzusi asosan akustika, pnevmatika, paxta tozalash zavodlarida havo tozalash uskunalari va ekologiyaning dolzarb muammolariga bag‘ishlangan.
  1992 yilda Tojikistondan ona yurti Rishtonga qaytadi. Hozirda nafaqada.
  2015 yilda uning “Otamni yod etib” nomli kitobi “Namangan” nashriyotida chop etilgan.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar80



Filologiya5