O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Haydarov Jo‘raboy

Haydarov Jo‘raboyBiologiya fanlari nomzodi

    1947 yilda Rishton tumanidagi Zohidon qishlog‘ida tavallud topgan. 2 - sonli maktabni tamomlagach, 1954 yilda Toshkent qishloq xo‘jaligi institutiga o‘qishga kirgan. 1959 yili institutni “a’lo” baholarga yakunlab, aspiranturaga qabul qilingan.
  1962 - 1965 yillarda Butunittifoq o‘simliklarni himoya qilish ilmiy - tekshirish institutining (Leningrad – Sankt - Peterburg shahri) kunduzgi aspiranturasida tahsil olib, “Paxta vilt kasalini qo‘zgatuvchi zamburug‘ning g‘o‘zapoyadagi ichki formasi (shakli)ni o‘rganish” mavzuidagi dissertatsiyasini yoqlab, 1966 yilda biologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega bo‘lgan.
  Uning ilmiy ishi paxta yetishtirishga ixtisoslashgan O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston va Qirg‘iziston dehqonlarida juda katta qiziqish bilan qabul qilinib, ishlab chiqarishga joriy etilgan. J.Haydarovning tavsiyalari viltga chidamli yangi paxta navlarini yaratishga turtki bo‘lgan.
  Jo‘raboy Haydarov 1959 - 1969 yillarda agronom, 1969 - 1979 yillarda Zohidondagi jamoa xo‘jaligida rais lavozimlarida ishlab, tuman qishloq xo‘jaligi ravnaqiga o‘zining salmoqli hissasini qo‘shgan.  



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar80



Filologiya5