Pedagogika fanlari nomzodi
Qahramonimiz Oliyaxon Haydarovaning hayot yo‘liga nazar tash- larkanmiz, “Ilmdan yaxshiroq xazina bo‘lmas” iborasi zamirida si- nalgan haqiqat mavjudligini his qilamiz...
Oliyaxon 1963 yili Qarshi shahrida dunyoga kelgan. Otasi Qaxxor Haydarov pedagogika kollejida o‘qituvchi, onasi Tal’at G‘afforova Karshi davlat pedagogika universitetining “Maktabgacha tarbiya va boshlang‘ich ta’lim metodikasi” kafedrasi professori, 1 - sinflar uchun o‘qish va ona tili, 2 - sinflar uchun o‘qish kitoblari - darsliklari muallifi, “O‘zbekiston respublikasi xalk ta’limi a’lochisi” bo‘lgani uchun ham oiladagi suhbatlarning mavzuyi ko‘pincha ilm haqida bo‘lardi. Oliyaxoi ana shunday muhitda voyaga yetdi. U 1980 yili shahardagi 7 - maktabni muvaffaqiyatli tamomlab, Qarshi dav¬lat pedagogika universitetining rus tili va adabiyoti fakultetida tahsil oldi. Oliygohni imtiyozli diplom bilan tugatib, o‘zbek maktablarida rus tili va adabiyoti o‘kituvchisi mutaxassisligiga ega bo‘ldi.
Iqtidorli mutaxassis o‘z ish faoliyatini shahardagi 2 - o‘rta maktabda rus tili va adabiyoti fanidan o‘qituvchilik kilishdan boshladi. 1995 yildan Qarshi davlat universitetining boshlang‘ich ta’lim metodikasi va maktabgacha tarbiya pedagogikasi kafedrasiga o‘kituvchi lavozimiga ishga qabul kilindi. Shu yerda aspiranturada o‘qidi va1998 yildan pedagogika kafedrasida faoliyatini davom ettirdi. 2001 yili katta o‘qituvchi lavozimiga o‘tdi. 2004 yili “Bo‘lajak o‘qituvchilarni ta’lim jarayoniga texnologiya yondashuvga tayyorlash” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi va pedagogika fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega bo‘ldi. 2005 yili dotsent vazifasini bajaruvchi, 2007 - 20015 yillar pedagogi- kafedrasining dotsenti lavozimida ishladi. Ilmiy faoliyati davomida 3 ta uslubiy qo‘llanma, 90ga yaqin ilmiy maqolalar chop ettirdi. “Pedagogika texnologiya”, “Umumiy pedagogika” fanlaridan ma’ruzalar matni, mashi va laboratoriya ishlanmalarini ishlab chiqdi. Hozirda esa “Oliy pedagogika ta’limda pedagogika texnologiyalarni qo‘llashning nazariy - amaliy asoslari” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasi bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib bormoqda. (Oliyaxon Haydarova faqat dars jarayoiida o‘z mahoratini namoyon qilish bilan chegaralanib qolmasdan, universitet va kollejlar o‘rtasida uzviy aloqani yo‘lga ko‘ygan. 2015 - 2017 yillar Oliyaxon Haydarova Toshient axborot texnologiyalar universiteti Qarshi filialining “Axborot - ta’lim texnologiyalari” kafedrasida dotsent lavozimiga tayinlandi. Salohiyatli olima o‘ziga biriktirilgai fanlarni rus va o‘zbek tillarida mohirona olib borib,ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarni ta’lim texnologiyalari asosida tashkil qilib, filial jamoasi orasida obro‘ qozondi. U mazkur ta’lim muassasasida “Olima ayollar” uyushmasi raisi sifatida ham tashabbuskorligini namoyon qildi.Oliyaxon Haydarova - o‘qituvchining bosh vazifalaridan biri- yosh avlodni mustakil hayotga tayyorlash, jamiyatda qabul qilingan turmush tarzini shakllantirish, ijod uchun insonning ma’naviy salohiyatini yuksaltarish ekanligini talabalarga singdirolgan malakali murabbiydir.2018yil boshidan Oliyaxon Xaydarova o‘z faoliyatini Karshi Davlat universitetining pedagogika kafedrasida davom ettarib kelmoqda.
Oliyaxon shuningdek, namunali oila bekasi. Turmush o‘rtogi Uktam Boqiev (“O‘zgazloyiha” MChJda muhandie) bilan farzandlari: Baxrom (Qarshi muhandislig - iqtisodiyot institutida o‘qituvchi), Jahongir (XDAAYSITFKAYF va TR bo‘limi bosh mutaxassisi), Olim (Muborak Neftgaz MChJda operator) ni yetuk insonlar qilib tarbiyaladilar.