Kimyo fanlari nomzodi, dotsent
1936 yil 12 mayda Farg‘ona viloyati Rishton tumanida tug‘ilgan. 1956 yili Rishton tumanidagi o‘rta maktabda yoshlar yetakchisi bo‘lib faoliyat ko‘rsatgan. 1959 yili Ulug‘bek nomidagi Farg‘ona davlat pedagogika instituti kimyo -biologiya fakultetiga o‘qishga kirdi va uni 1963 yilda tamomlagandan so‘ng , Sirdaryo viloyatidagi 39 - maktabga yo‘llanma bilan ishga jo‘natildi.
H. Hikmatov 1965 yildan Farg‘ona davlat pedagogika instituti kimyo kafedrasiga o‘qituvchi lavozimiga ishga taklif etildi, 1969 - 1972 yillari Toshkent davlat universiteti analitik kimyo kafedrasining kunduzgi aspirantura bo‘limida tahsil olgan. 1974 yildan Farg‘ona davlat pedagogika instituti kimyo kafedrasida o‘qituvchi, katta o‘qituvchisi lavozimlarida faol mehnat qilgan. 1976 - 1977 yillarda kimyo kafedrasi mudiri, 1978 - 1982 yillarda tibbiyot - geografiya fakultetida dekanlik lavozimida faol mehnat qilgan. “Azometrik moddalarni analitik reagentlar sifatida sintez va tadqiq qilish” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. U Farg‘ona davlat pedagogika instituti hada tibbiyot – geografiya fakultetida o‘quv talim tarbiya ishlarini rivojlantirishga katta xissa qo‘shgan olim, ustoz bo‘lgan.