O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Hojaliyev Ismoil Tojiboyevich

Filologiya fanlari nomzodi, dotsent

    1960 yil 29 aprelda   Toshloq tumanida  tug‘ilgan. 1967 yilda  tumandagi 13 - o‘rta  maktabning birinchi  sinfiga  o‘qishga kirgan. 1977 yilda  Toshloq  tumanidagi  4 - o‘rta  maktabning 10 - sinfini  tamomlab, Farg‘ona  pedagogika institutining o‘zbek tili va adabiyoti  fakultetiga o‘qishga  qabul qilindi. 1981 yilda institutni  imtiyozli  diplom bilan tamomlab, Toshloq  tumanidagi  34 -  o‘rta maktabda  ona tili  va  adabiyoti  o‘qituvchisi  sifatida  ish  boshladi. 1982 - 1989 yillarda  Yozyovon  tumanidagi  9 - o‘rta  maktabda  direktor  lavozimida  faoliyat  yuritdi. 1989 - 1991 yillarda  Yozyovon  tumani   Yangiobod  qishloq kengashi  raisi  vazifasida ishladi .1991 - 1993 yillarda Farg‘ona davlat  universiteti  o‘zbek tili  nazariyasi  kafedrasi  o‘qituvchisi, 1994 - 1999 yillarda  o‘zbek  tilshunosligi  kafedrasi  katta o‘qituvchisi  vazifasida  faoliyat yuritdi. 1999 - 2002  yillarda  Farg‘ona   davlat universiteti  o‘zbek tilshunosligi  kafedrasi  qoshidagi  doktoranturada  tahsil oldi. 2003 - 2006 yillarda  “FarDU.Ilyrlar –Nauchniy  vestnik. FerGU” jurnalida  mas’ul muharrir  bo‘lib  ishladi. 2005 - 2006  yillarda  filologiya  fakulteti  o‘quv  ishlari  bo‘yicha  dekan   o‘rinbosari,  2006 - 2010    yillarda  maxsus  sirtqi  bo‘lim boshlig‘i, pedagogika  fakulteti  dekani, 2010 - 2014  yillarda   filologiya   fakulteti dekani , 2014  25 - avgustdan  boshlab  chet  tillari  fakulteti  dekani   lavozimida  faoliyat  yuritmoqda.
1998  yilda filologiya   fanlari doktori, professor M. Mukarramov  rahbarligida  10. 02. 02 - O‘zbek tili  ixtisosligi  bo‘yicha  “Tasvir  nutq  tipining  lingvistik hususiyatlari”  mavzusida  nomzodlik     dissertatsiyasini   himoya qildi.
I. Hojaliyev  tomonidan  resublika  iilmiy  jurnal  va to‘plamlarida  50 dan ortiq  ilmiy, uslubiy  maqola  va tezislar   e’lon qilingan. 



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar10



Ijtimoiy-gumanitar fanlar5



Tabiiy fanlar5



Filologiya80