Valijon Rahimjonovich Hojiboyev 1956 yil Namangan shahrida tug‘ilgan.1970 yili Namangan shahrida tug‘ilgan. 1970 yili Namangan shahridagi 15 - o‘rta maktabning 7 - sinfini bitirib, 1970 - 1973 yillarda Toshkent shahridagi respublika yosh fizik matematiklar maktab internetida 1973 - 1976 yillarda ToshDU matematika fakultetida, 1976 - 1978 yillarda Novosibirsk davlat universiteti mehanika - matematika fakultetida (IV-V kurslar) o‘qigan.
Ilmiy faoliyatini 1978 yil O‘zFA V.I.Romanovskiy nomidagi matematika ilmiy - tekshirish institutining stajyor - tadqiqotchisi sifatida boshlagan. 1980 - 1983 yillarda Novosibirsk davlat universiteti aspiranturasida tahsil olgan. Ilmiy izlanishlarini matematikaning ehtimollar nazariyasi va matematik statistika sohasi bo‘yicha akademik A.A.Borovkov va professor V.I.Lotov rahbardigida olib borgan.
Fan nomzodligi dissertatsiyasini 1983 yil sobiq Ittifoq FA Sibir bo‘limi Matematika institutida “Bir jinsli bog‘liqsiz orttirmali tasodifiy jarayonlar uchun ikki chegarali masalalarda funktsionallar taqsimotining asimptotik tahlili» mavzusida himoya qidgan. 1987 yili oliy matematika kafedrasi dotsenti ilmiy unvonini olgan. 1996 - 1998 yillarda ilmiy izlanishlarini Novosibirsk davlat universitetida davom ettirgan.
Doktordik dissertatsiyasini 1999 yil O‘zFA Matematika institutining Ixtisoslashtirilgan ilmiy kengashida “Bog‘liqsiz orttirmali tasodifiy jarayonlar uchun cheg‘araviy masalalarda limit teoremalar” mavzusida himoya qilgan va fizika - matematika fanlari doktori ilmiy darajasini olgan.
Pedagogik faoliyatini 1983 yil Toshkent politexnika instituti Namangan filialida (hozirgi Nam- MPI) boshlab, oliy matematika kafedrasi assistenti, dotsenti, dekan muovini, kafedra mudiri, fakultet dekani, ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor lavozimlarida ishlagan. Hozirgi paytda institut qoshidagi “Do‘stlik” akademik litseyi direktoridir.
V. Hojiboev 1997 - 2000 yillarda ehtimollar nazariyasining chegaraviy masalalari bo‘yicha xalqaro ilmiy izlanishlarda (“Intas”1625- sonli) ishtirok etgan.
Olim 25 ta ilmiy maqola, 1 ta monografiya va 10 dan ortiq uslubiy ishlar muallifidir.