O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Homidova Mohiniso Abdivaliyevna

    Mohiniso Homidova Farg‘ona viloyati sarxadida tug‘ilib, voyaga yetgan olima ayollarimizdan biri, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
  Mohiniso 1959 yilning 28 yanvar kuni Furqat tumanidagi Qulbobo qishlog‘ida tavallud topdi. 1966 yili tumandagi 27 - o‘rta maktabning 1 - sinfiga o‘qishga kirdi. U 8 - sinfni tuman maktabida tugatgach, viloyat markazidagi fizika - matematika fanlariga ixtisoslashtirilgan 1 - gimnaziya - internatiga o‘qishga bordi. Bu yerda iqtidorli qiz atroflicha bilim olishga, sevgan fanini ko‘proq o‘qish va o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ldi. 1977 yilda esa u hujjatlarini Farg‘ona Politexnika institutining qurilish fakultetiga - sanoat va fuqaro qurilishi mutaxassisligiga topshirdi. Institutni 1982 yili diplom loyihasini muvaffaqiyatli himoya qilish bilan tamomladi.
  Yosh mutaxassis Mohiniso Abdivaliyevna ish faoliyatini Farg‘ona Politexnika institutining Qo‘qon shahar umumtexnika fakultetidagi qurilish fanlari kafedrasida assistentlik lavozimidan boshladi. To‘rt yil davomida yoshlar bilan birga ishlab, ularga dars berdi. Ammo uning ko‘ngli ilm sari intilardi. Shu maqsadda institut jamoasi Mohinisoni 1986 yili Novosibirsk shahriga maqsadli aspiranturaga kuzatdi. 1992 yili aspiranturada o‘qish muddati tugadi. Lekin ilmiy tadqiqot ishlarining eksperimental qismi uzoq muddatli sinov ishini taqozo etardi. Asosiy bosqichni yakunlab, yana Farg‘onaga qaytgan Mohiniso institutning Gidravlika kafedrasiga laboratoriya mudirligi lavozimiga tayinlandi. U 1997 yili nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.
  2002 yil 25 aprelda Mohiniso Homidovaga dotsentlik unvoni berildi. Hozirgi kunda u Farg‘ona Politehnika institutining Geodeziya va kartografiya kafedrasi mudiri. Oliygohda o‘tgan faoliyati davomida olima 60 dan ortiq ilmiy maqolalar yozdi. Shularning 15 tasini chet el jurnallarida chop etgan. “Qurilish ishlab chiqarish tehnologiyasi” fanidan o‘quv qo‘llanma, “Bino va inshootlarni barpo etish tehnologiyasi” fanidan esa darslik yozdi. 2002 yilda yilning eng yahshi darsligi muallifi konkursida qatnashib, Respublikada ikkinchi o‘rinni egalladi.
  Ilmiy - uslubiy ishlarini yoshlar tarbiyasi, jamoat ishlari bilan uyg‘un olib borayotgan yosh olima oilada ham baxtini topgan ayol. Umr yo‘ldoshi Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodida yetakchi muhandis. Ikki farzandi ota - onasidek fidoyi bo‘lib o‘sishmoqda. Bu fidoyilik ona yurtiga, halqiga bo‘lgan cheksiz mehrining bir ko‘rinishidir, holos.
  Zunnunova Saida
                                    QALB
  Har narsaga kuyma, deyishar menga, 
  Kuymagan yurakni nima qilaman. 
  Ortiqcha yuk qilib uni tanaga,
  Yonmagan yurakni nima qilaman.
  Men - ku, shoir ahir, har bir inson ham,
  Bebahtdir qalbining qo‘ri bo‘lmasa. 
  Chiroq ardoqlanmas edi dam - badam, 
  Parpirab yonmasa, nuri bo‘lmasa.  



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar10



Ijtimoiy-gumanitar fanlar5



Tabiiy fanlar80



Filologiya5