O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Ibragimova Ehtiyotxon Ismailovna

Ibragimova Ehtiyotxon  IsmailovnaFilologiya fanlari nomzodi , dotsent

    1973 yil   8   dekabrda tug‘ilgan. 1990 yil Farg‘ona davlat universiteti o‘zbek tili  va adabiyoti  fakultetining  kunduzgi  bo‘limiga  o‘qishga  qabul qilingan. 1995 yil  mazkur  fakultetni  tamomlab, filolog, o‘zbek tili  va adabiyoti  o‘qituvchisi  mutaxassisligi  bo‘yicha Farg‘ona davlat  universitetida  ish faoliyatini boshlagan.
    1996 - 1999  yillarda Farg‘ona davlat  universiteti  tilshunoslik kafedrasi qoshidagi aspiranturada o‘qigan. 2000 yilda filologiya fanlaridoktori, professor A.Mamajonov rahbarligida “Uzbek tilida ironiya, ironik mazmun ifodalashning usul hamda vositalari” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan hamda unga Uzbekistan Respublikasi OAKning 2001 yil 25 apreldagi qarori bilan filologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasi berilgan.
    2004 yildan “Umumiy tilshunoslik va xorij adabiyoti” kafedrasi mudiri, 2006 yilda filologiya fakulteti o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari vazifasini bajargan. 2007 - 2010 yillar mobaynida tilshunoslik kafedrasi doktoranti bo‘lgan. 2010 - 2013 Fargona davlat universiteta tilshunoslik kafedrasi katta o‘qituvchisi, ma’naviy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari vazifasida ishlagan. 2013 yildan filologiya fakulteti ma’naviy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari, 2014 yildan tilshunoslik kafedrasi mudiri lavozimlarida ishlamoqda.
    E.Ibragimova tomonidan 30 dan ortiq ilmiy – uslubiy maqolalar e’lon qilingan. 2005 yili “O‘zbek tili daironik mazmun ifodalash usullari” nomli uslubiy qo‘llanmasi, 2013 yilda “O‘zbek talida bahoning aksiologik talqini” mavzusidagi qo‘llanmalari chop etilgan. Uning rahbarligida Fargona davlat universitetining “Sarbon” jamoasi “Tafakkur sinovlari” ko‘rik – tanlovining respublika bosqichida 2013 yilda faxrli1 - o‘rinni, 2014 yilda 2 - o‘rinni egallagan.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar5



Tabiiy fanlar10



Filologiya80