O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Ibragimova Gulnora Xavazmatovna

Ibragimova Gulnora Xavazmatovna    Ota-ona va ustoz - har birimiz uchun aziz. Ota-onamiz bizni dunyoga keltirgan bo‘lsa, ustozimiz hayotni, yashashni o‘rgatadi. Oyoqqa turib olgunimizcha bizni himoya qiladigan, jamiyatda o‘z o‘rnimizni topishimizga yordam beradigan, yo‘l- yo‘riq ko‘rsatadigan inson - ustozdir. Ustoz uchun shogirdlar o‘z farzandidek qadrli va azizdir.
    Toshkent Davlat Iqtisodiyot universiteti professori, pedagogika fanlari doktori Ibragimova Gulnora Xavazmatovna ana shunday ustozlardan. 1987 yil Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish instituti "Muhandis-o‘qituvchi" fakultetini imtiyozli diplom bilan tamomlagan.
    1997 yilda "O‘zbek milliy an’analari vositasida muhandis-o‘qituvchilarni kasbiy-pedagogik tayyorlash" mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
    2007 yilda "Kasb ta’limi tizimida milliy istiqlol g‘oyasi asosida talaba-yoshlar ma’naviyatini shakllantirish" (Multimedia asosida) mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya kilgan.
    Professor Gulnora Ibragimova Amerika Qo‘shma Shtatlari, Hindiston, Malayziya, Singapur, Turkiya, Ozarbayjon (Boku), Vengriya (Budapesht), Astana, Alma-ata (Jarkent), Moskva kabi davlatlarda dunyo miqyosidagi konferentsiya va xalqaro simpoziumlarda o‘z ma’ruzasi bilan qatnashgan.
    2 ta xalqaro, 5 ta respublika ilmiy-nazariy konferentsiyasini tashkil qilgan. Jami 200 ga yaqin ilmiy ishlar muallifidir. Shundan 2 ta darslik, 2 ta monografiya, 2 ta o‘kuv qo‘llanmasi, 2 ta patent guvohnomasi, 4 ta hamkorlikda tayyorlangan o‘quv ko‘llanma muallifidir.
    O‘zbekistonda birinchi bo‘lib ijtimoiy-gumanitar fanlar bo‘yicha multimedia - elektron dasturi asosida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan olima.
    Ibragimova Gulnora Xavazmatovna Istambul (Turkiya, 2013), Boku (Ozarbayjon, 2014), Astana (Qozog‘iston, 2014), Vengriya (Butsapesht, 2015) shaharlarida o‘tkazilgan Jahon Etnopedagogika kongresslarida, Rossiya (Sankt-Peterburg, 2001,Rostov na Donu- 2002, Moskva -2005, Novosibirsk - 2008, Chelyabinsk - 2011), 2010 yilda Almaata va Astanada o‘tkazilgan dunyo  miqyosidagi konferentsiyalarda ishtirok etgan.
    Ta’lim jarayonlarining sifatini oshirish maqsadida universitet miqyosida kafedra tomonidan olib boriladigan qator fanlardan pedagogik texnologiyalar va o‘quv-uslubiy majmualarni qayta ishlashda qatnashib kelmokda. "Ilmiy-pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi", "Iqtisodiy tarbiya nazariyasi", "Pedagogika. Psixologiya" kabi fanlardan ta’lim texnologiyalarini tayyorlagan.
    Bugun yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishga qaratilgan mavzularda O‘zbekiston Milliy Tele- radiokompaniyasining "Munosabat", "Nuqtai nazar" kabi ko‘rsatuvlarida o‘z fikr-mulohazalari bilan qatnashib kelmoqda.
    Umrini ilmga bag‘ishlagan olim va olimalarning hayoti va ijodi haqida hikoya qiluvchi "Hayot falsafasi" ko‘rsatuvining boshlovchisi va muallifi sifatida ko‘p yillar ijodiy faoliyatini olib borgan.
    Hozirgi kunda TDIUning "Kasb-ta’limi (iqtisodiyot)" kafedrasida professor lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
    Ilmiy ishlari yoshlar ma’naviyatini shakllantirishga, yangi raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga, umuminsoniy qadriyatlarni ulug‘laydigan, ijtimoiy faol, yuqori madaniyatli va yuksak ma’naviyatli yoshlarni tarbiyalash muammolariga bag‘ishlangan.
    Professor Gulnora Ibragimova aholi orasida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni targ‘ibot qilish borasida katta ishlarni amalga oshirmoqda.
    Ilmning cheki-chegarasi yo‘q, bir ilmni egallaganing sayin boshqasi, boshqa qirralari ochilaveradi. O‘qib-o‘rganishdan charchamaydigan, qalbi olov olimaning hali ilm-fan olamida qilajak ishlari talay. Demak, u hamon izlanishda...



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar10



Ijtimoiy-gumanitar fanlar70



Tabiiy fanlar10



Filologiya10