O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Ibrohimova Etiborxon

Ibrohimova EtiborxonFilologiya fanlari nomzodi, dotsent

    1929 yil 2 yanvarda  Marg‘ilon shahrida  tug‘ilgan. 16 yoshida  shahardagi 1 - o‘rta  maktabni  tamomlapb, Marg‘ilon  pedagogika  texnikumiga  o‘qishga kirdi. 1947 yilda uni  bitirib, yetti yil  xalq ta’limi  sohasida ishladi.  Ilmga chanqoqligi  uufayli  1954 yilda Farg‘ona  davlat pedagogika institutining o‘zbek tili  va adabiyoti  fakultetiga  kirib,  o‘qishni  davom ettiridi. 1957 ytsilda fakultetni imtiyozli  diplom bilan  tamomladi.
    Ilmga bo‘lgan ishtiyoq  uni Toshkentga chorladi. 1959 yilda O‘zR  FA Til va adabiyot institutining  aspiranturasiga  o‘qishga  kirdi. E.Ibrohimova  o‘zining  hamshahari. Otashnafas shoira  Jahon otin  Uvaysiy  hayoti va ijodi bo‘yicha ilmiy tadqiqot  ishi olib bordi. 1964 yilda  nomzodlik  dissertatsiyasini himoya qildi.
    1966 yildan 1994 yilgacha 28 yil  mobaynida oliy o‘quv  yurtimizning  o‘zbek  adabiyotshunosligi  kafedrasi  dotsenti lavozimida  ishladi. 1972 - 1976 yillarda  kafedra  mudiri  vazifasini bajardi.
    Uvaysiy hayoti  va ijodi  bo‘yicha monografiyasini hamda shoirning  “Devon”ini tayyorlab, nashr ettirdi. Shuningdek, o‘zbek mumtoz adabiyotining  ulkan vakillari  Bendil, Hofiz, Navoiy, Mashrab ijodi, XIX  asr Xorazm adabiy muhiti bo‘yicha o‘nlab  risolalar , ilmiy maqolalar yaratdi.
    E.Ibrohimov a 2007 yil 78 yoshida vafot etgan.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar5



Tabiiy fanlar10



Filologiya80