Gulchexraxon Igamnazarova 1963 yil 9 - noyabrda Toshkent viloyati Chinoz tumanida tavallud topgan. Hayotini paxta mehnatiga baxshida etgan , tajribali paxtakor Karim Ahmedov va o‘n farzandni tarbiyalab voyaga yetkazgan Oygilos Ahmedova to‘ng‘ich farzandlari Gulchexraxonning tirishqoqligi, uka-singillariga kuyunchak va mehribonligidan quvonardilar. Chinoz tumanidagi 33- o‘rta maktabni alo baholarga bitirgan Gulchexraxon 1983 yili Buxoro davlat oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi institutining yengil sanoat fakultetida o‘qib , oliygoxni imtiyozli diplom bilan tamomladi va bir yil o‘zi o‘qigan dargoxda faoliyat yuritdi. O‘qituvchilikka bo‘lgan mehr uni hamisha talim dargoxlariga yetakladi. Shu bois 1998-2007 yillar davomida Toshkent viloyatining Olmaliq shahridagi Sanoat kasb-hunar kollejida o‘qituvchi, fan uyushmalari raisi, bo‘lim boshlig‘i va direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimlarida ishladi. 2007-2009 yillarda Olmaliq ijtimoiy-iqtisodiyot va servis KHK da direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasidp faoliyat yuritdi.
Gulchexraxon Igamnazarova 2005 yili Toshkent davlat pedagogika universitetining amaliy psixologiyasi fakultetini ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha tamomladi.Xozirda ushbu universitetning “Maktabgacha olaviy talim “ kafedrasida ilmiy ish ustida izlanmoqda. Uning o‘nga yaqin ilmiy –uslubiy maqolalar to‘plamida chop etilgan .Rahbariyat boshlagan ishini oxiriga yetkaza oladigan, berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida sifatli bajaradigan,yangi-yangi g‘oyalarga yo‘g‘rilgantadbirlari bilan yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbilayotgan Gulchexraxon Karimovnaga ishonch bildirib uni 2009 yilning sentyabr oyidan Olmaliq shahridagi Qurilish va uy –joy kommunal xo‘jalik kasb-hunar kollejiga direktor etib tayinladi.
U kollejga rahbarlik qila boshlagan ilk kundanoq tajribali usozlarga, yoshlarga suyandi. Dars o‘tishning o‘ziga xos uslublarini pedagoglar bilan hamkorlikda ishlab chiqdi.Kollej bitiruvchilarini ishga joylash borasida uch tomonlama shartnomalarning ijrosi doim direktorning diqqat markazida. Kollejda zamon talabiga mos yangi-yangi yo‘nalishlar ochishga drishdi.
Bugungi kunda Gulchehraxon Igamnazarova rahbarlik qilib kelayotgan kasb-hunar kolleji nafaqat Olmaliqda, balki vilayatda ham o‘zining munosib o‘rniga ega bilim dargohidir.
Ayol- rahbar, ona va sevimli beka. Mana shu uchlikni bir nuqtaga birlashtira olgan Gulchehraxon Igamnazaroa uch farzandning mehribon onasi, turmush o‘rtog‘i tadbirkor Hasan akaning suyukli rafiqasi . Onasi izidan borib pedagog bo‘lishni niyat qilgan qizi Navbahor bugungi kunda Toshkent davlat pedagogika universitetining 4-kurs talabsi, o‘g‘illari Hasan va Tohir Navoiy davlat konchilik institutining Olmaliq shahridagi filiali talabalari.