O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Ilhomjonova Dinora

    Ayolning go‘zalligi faqat tashqi ko‘rinishidagina emasligini deyarli hamma biladi. Lekin ichki dunyosining nurli bo‘lishi va u nurning el xizmati uchun yo‘nalishi katta gap. Dinora Sirojiddin qizi ana shunday «katta gap» egasi. U 1937 yilning 29 sentyabrida Toshkentda tug‘ilgan. 1955-1961 yillarda Toshkent Davlat tibbiyot institutini tamomlagan. Terapevt. So‘ngra Moskvada vrachlar malakasini oshirish instituti aspiranturasida o‘qib, 1966 yilda nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi. 1966—1985 yillarda Toshkentdagi vrachlar malakasini oshirish instituti fizioterapiya kafedrasi dotsenti lavozimida ishladi. 1985-1992 yillarda esa O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi tavsiyasi bilan Toshkent fizioterapiya ilmiy tekshirish instituti direktori muovini, so‘ng direktori lavozimida faoliyat ko‘rsatdi. Ayni vaqtda 1986-1990 yillar davomida O‘zbekiston Respublikasi fizioterapevtlar jamiyati raisi sifatida ham faoliyat olib bordi.
    Dinora Ilhomjonovaning e’lon qilingan yuzga yaqin ilmiy ishlari mamlakatimizda tibbiyot fanining kamolotiga qo‘shilgan hissadir. U o‘z ilmiy maqolalari va kitoblariga hayotiy tajribalarini zukkolik bilan singdira oldi. Zero, ularning deyarli hammasi fizioterapiya usullari va jismoniy harakatlar yordamida davolashga bag‘ishlangandir. Bugina emas, olima shu soha bilan bog‘liq shifokorlar uchun darslik ham yaratdi. Uning maqolalari qo‘shni davlatlarda ham chop etilgan. Ilmiy ishlari bo‘yicha Gollandiya, Polshada o‘tkazilgan xalqaro konferentsiyada ishtirok etgan. Dinora Ilhomjonova Sog‘liqni saqlash a’lochisidir. 2005 yilda Shveytsariyadan hushxabar keldi. «Leading Health  Professional of the  World », ya’ni «Butun dunyo mashhur shifokori» sertifikati va nishoni berilibdi. Bu katta taqdirlanish o‘zbek ayoli iqtidorining jaxon miqiyosida yana bir tan olinishidir.
    Dinoraxonim ulug‘ yoshida ham jimgina o‘tirmadi. U Toshkent shahar Yunusobod tumani Yangiariq mahallasi mahalla oqsoqolining diniy-ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha maslahatchisidir. Darvoqe, u sportni hamon o‘ziga do‘st deb biladi. Yaqindagina «Morj» klubi bo‘yicha o‘tkazilgan badminton musobaqasida qo‘lga kiritgan ikkinchi darajali diplomi buning guvohidir. Ehtimol shu sababli oilasining boshqa a’zolari ham sportni sevishar.
 



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar10



Ijtimoiy-gumanitar fanlar10



Tabiiy fanlar75



Filologiya5