O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Imomova Dilfuza

  Dilfuza Imomova 1968 yil Jizzax viloyatining Jizzax tumanida tug‘ilgan. 10-o‘rta maktabni oltin medal bilan bitirgan. 1985 yil Samarqand davlat universitetining biologiya fakultetiga o‘qishga kirdi. Universitetni muvaffaqiyatli tamomladi.
  1990 yilda Jizzax shahridagi 16-maktabda kimyo-biologiya fanidan o‘quvchilarga saboq bera boshladi. 1997 yildan boshlab Jizzax davlat pedagogika institutida ishlay boshladi. Boshlagan ilmiy ishini tugallab, uni muvaffaqqiyatli himoya qildi. Fan nomzodi degan sharafga muyassar bo‘ldi.
  Endilikda Dilfuzaxonning ilmiy maqolalari matbuot nashrlarida chop etib turiladi. Tabiatni sevib- ardoqlash kerakligi, har bitta tirik organizm haqida yetarli ma’lumotga ega bo‘lish zarurligini shogirdlariga qayta-qayta uqtiradi. Keyingi yillarda uning o‘zi ham «Gulli o‘simliklar tarixiga bir nazar» nomli uslubiy qo‘llanma hamda «O‘simliklar anatomiyasi va morfologiyasidan laboratoriya mashg‘ulotlari» nomli o‘quv qo‘llanmalarni nashr ettirdi.
  Dilfuzaxon chiroyli oilaning bekasi hamdir. Umr yo‘ldoshi Ulug‘bek Imomov hisobchi-iqtisodchi. Ikki o‘g‘il va bir qiz bu xonadonda o‘sib voyaga yetmoqda, hammalari ilmga bu kun o‘qishu izlanishda. Biolog olimaning ilm tarqqiyoti yo‘lidagi xizmatlari esa bu kun ko‘pchilik yoshlarga ibrat bo‘layapti.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar10



Ijtimoiy-gumanitar fanlar5



Tabiiy fanlar80



Filologiya5