O‘zbekiston Ilm-Fani: Tarixi va rivoji

Akademiklar

O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi

Fundamental kutubxonasi
Akademiklar

Inog‘omjonova Zumradxon

    Kular yuzli, shirin so‘zli bo‘lish ham bir ehsondir, degan ekan donishmandlardan biri. Zumradxon Fatxullaevnani taniganlar, uning bilan bir marotaba hamsuxbat bo‘lganlar bu ayolning ilmu ma’rifatiga, salohiyatiga tan berishlari, uning bilan yana hamsuhbat bo‘lishni orzulashlari aniq. Zumradxon bilan istagan mavzuingizda bemalol tillashsangiz, dillashsangiz bo‘ladi. Sira zerikmaysiz, balki o‘zingiz bilmagan yangiliklarni bilib olasiz.
    Z.Inog‘omjonova 1950 yilning fevral oyida Toshkent viloyati Zangiota (Yangiyo‘l) tumanida tug‘ilgan. 1957 yil Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanidagi 15-o‘rta maktabga o‘qishga boradi va 1967 yili ushbu bilim dargohini oltin medal bilan tamomlaydi. Insonlar manfaatini himoya qilish, haqni nohakdan ajratishga bo‘lgan ishtiyoq uni Toshkent Davlat universiteti (hozirgi Milliy universitet) huquqshunoslik fakulteti tomon yetakladi. 1972 yili Zumradxon universitetni imtiyozli diplom bilan tugallaydi. Kelajagi porloq yoshlarni ustozlar ham qo‘ldan chiqarmaslikka harakat qilishadi. Domlalarning taklifi bilan u faqultetda ishga qoladi va mehnat faoliyatini «Jinoyat protsessi» kafedrasida o‘qituvchilikdan boshlaydi. Kechagina talaba bo‘lgan qiz bugun o‘zi ustozlik qilishi oson kechmagan albatta. U ustozlarining ishonchini oqlash uchun ham izlandi. Tunlari mutolaa qilar, turli adabiyotlarni o‘qib ma’ruza matnlari tayyorlar edi. Kutubxona ham doim unga muntazir... Talabalar tez orada yosh muallimaning irodasiga, va ayniqsa bilimiga tan berishdi. Endi ular Zumradxonni saboqlardan keyin ham kutib turar, undan yana ham ko‘p ma’lumot olgilari kelar edi. Ustozlar maslahati bilan qahramonimiz ilmiy ish yozishga tushadi. U o‘z soxasida bir yangilik qilishga astoydil bel bog‘lagach, tadqiqotlari kelajakda huquqshunoslik ilmiga yengillik olib kelishiga to‘liq ishonch hosil qilgan edi. 1991 yil u nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qiladi va yuridik fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega bo‘ladi. Ilm izlanishni yoqtiradi. Z.Inog‘omjonova ham izlandi, ma’ruzalarini yangi-yangi faktlar bilan boyitdi. 1994 yilga kelib Zumradxonga dotsent unvoni berildi.
    Inson doim ezgulikka intilsin ekan. Yaxshilik urug‘ini eksang, undan xurmat-e’tibor atalmish shirin mevalar olasan. Zumradxonnnng xam sa’y-harakatlari besamar ketmadi. U atrofdagilarning hurmatini topdi. 1999 yilda uni «Jinoyat protsessi» kafedrasiga mudirlikka tayinlashdi. O‘z hulki, odobi, turish-turmushi bilan sinalgan Zumradxon bugungi kunda jamoatchilik asosida institut xotin- qizlar qo‘mitasining raisi xamdir. Demakki, huqukshunos talaba qizlarning sardori, ishongan tog‘i.
    Bunday yutuqlarga erishishiga fayzli xonadoni - turmush o‘rtog‘i va uch nafar farzandi ham sabab. Oila tinch, halovatli, nurli bo‘lsa, 
    ishda mavqe ortadi, istiqbol ham porloq bo‘ladi. Saodatning kaliti ana shu yerda.



Kitoblari. Maqolalari. Ilmiy-tadqiqot ishlari. Yutuqlari

service-icon

Aniq fanlar

Aniq fanlar tarkibiga matematika, informatika kabi fanlar kiradi.

service-icon

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar qatoriga antropologiya, arxeologiya, iqtisodiyot, siyosat , sotsiologiya, tarix, huquqshunoslik, psixologiya kabi fanlar kiradi

service-icon

Tabiiy fanlar

Tabiiy fanlar sirasiga astronomiya, fizika, geografiya, kimyo, biologiya kabi fanlar kiradi.

service-icon

Filologiya

Filologiya tarkibiga tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar kiradi.

Aniq fanlar5



Ijtimoiy-gumanitar fanlar85



Tabiiy fanlar5



Filologiya5